Zelenskiyning qasamyod marosimiga Turkiyadan prezident o’rinbosari Fuat O’ktay ishtirok etdi

Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga yangi lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilagan Fuat O’ktay Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tabrigini yetkazdi.

1204636
Zelenskiyning qasamyod marosimiga Turkiyadan prezident o’rinbosari Fuat O’ktay ishtirok etdi

 

Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi.

Shu yilning aprel oyida bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida 73.2 foiz ovoz olib, prezidentlik lavozimini egallagan Vladimir Zelenskiy uchun Ukraina parlamentida tantanali qasamyod marosimi o’tkazildi.

Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Oliy radadagi tantanali marosimda qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, ukrain xalqi oldida qasamyod qildi.

Konstitutsion sud rahbari Nataliya Shaptala Zelenskiyga Ukraina prezidenti hokimiyatining rasmiy ramzlari bo’lmish gurzi, gerbli muhr va zanjirli orden ko‘rinishidagi belgini topshirdi.

Marosimga Turkiyadan prezident o’rinbosari Fuat O’ktay ishtirok etdi.

Shuningdek, Vengriya prezidenti Janos Ader, Litva prezidenti Dalia Grybauskaite, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili, Latviya prezidenti Raimonds Vejonis, Ozarbayjon milliy majlisi rahbari O’ktay Asadov, Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari o’rinbosari Maros Sefkovich va boshqa taklif etilgan mehmonlar qatnashdi.

Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy marosimdan so’ng Mariyinskiy saroyida tabriklarni qabul qildi.

Vladimir Zelenskiyga yangi lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilagan Fuat O’ktay Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tabrigini yetkazdi.

 



Aloqador xabarlar