Kalin, “Nakba kuni” munosabati bilan Turkiyaning Falastin xalqining yonida ekanligini qayd etdi

Ibrahim Kalin, Twitter orqali Isroil tomonidan bosib olingan Falastin tuproqlarida 1948-yilning 14-mayi kuni mustaqilligini e’lon qilishi ortidan, falastinliklarning “Katta falokat” degan ma’nodagi “Nakba kuni” munosabati bilan post qoldirdi.

1202193
Kalin, “Nakba kuni” munosabati bilan Turkiyaning Falastin xalqining yonida ekanligini qayd etdi

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Turkiyaning o’z huquqini talab qilgan kurashida Falastin xalqining yonida ekanligini qayd etdi.

Ibrahim Kalin, Twitter orqali Isroil tomonidan bosib olingan Falastin tuproqlarida 1948-yilning 14-mayi kuni mustaqilligini e’lon qilishi ortidan, falastinliklarning “Katta falokat” degan ma’nodagi “Nakba kuni” munosabati bilan post qoldirdi.

Ibrahim Kalin mazkur postida,

“Falastin xalqining mustaqillik, adolat va sharafli kurashi davom etmoqda. Isroilning bosib olishi, badarg’alari, asirga olishlari va qatliomlari; g’arblik davlatlarning buni qo’llab-quvvatlashi va jimjirt tomosha qilishlari ularni voz kechtirmadi, voz kechtirmaydi ham. Turkiya, o’z huquqini talab qilgan kurashida Falastin xalqining yonidadir. #Nakba71” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar