Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy masalalar bo’yicha muzokara o’tkaziladi

"Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal bilan Eron tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Abbos Arakchi boshchiligidagi delegatsiya ertaga poytaxt Ankarada uchrashuv amalga oshiradi”,-deyiladi bayonotda.

1191706
Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy masalalar bo’yicha muzokara o’tkaziladi

 

Turkiya bilan Eron tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy masalalar bo’yicha muzokara o’tkaziladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Turkiya bilan Eron o’rtasidagi siyosiy muzokaralar doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal bilan Eron tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Abbos Arakchi boshchiligidagi delegatsiya ertaga poytaxt Ankarada uchrashuv amalga oshiradi”,-deyiladi bayonotda.

Muzokaralarda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ko’zdan kechirilishi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashilishi ko’zda tutilgan.

Eslatma: Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif 17 aprel kuni Turkiyaga tashrif buyurgan edi. Javod Zarif tashrif chog’ida mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan qabul qilingandi.

Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan ham uchrashuv bo’lib o’tgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #muzokara

Aloqador xabarlar