Erdo'g'an: “Armanlarning ko’chirilishi chog’ida qatliom ham, katta falokat ham bo’lmagan”.

Erdo’g’an partiyasining Qiziljahamam tumanida o’tkazilgan yig’ilishida arman masalasi, S-400 zenit-raketa chorasi, Go’lan tepasi va Turkiya-YI munosabati haqida gapirdi.

1191055
Erdo'g'an: “Armanlarning ko’chirilishi chog’ida qatliom ham, katta falokat ham bo’lmagan”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an armanlarning ko’chirilishi chog’ida qatliom ham, katta falokat ham bo’lmaganligini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo’g’an partiyasining Anqaraning Qiziljahamam tumanida o’tkazilgan navbatdagi “Maslahat qilish va baholash yig'ilishi”da so’zlagan nutqida armanlar voqeasining bundan bir asr oldin, murakkab shart-sharoit ostida Bolqon urushi chog’ida yuz bergan achchiq voqeadan iborat ekanligini belgilab o’tgan holda,

“Agar armanlarga qarshi iddio etilganidek voqeaga qo’l urganimizda edi unda bugungi kunda Yevropa, Amerika, Shimoliy Afrika va Kavkazlarda millionlagan armanlar umr surganligi haqida gapirolmasdik” dedi.

Bular haqida parlament binolarida emas arxivlarda gaplashilishi kerakligini, buni esa olimlar tomonidan amalga oshirilishi shartligini qayd etgan Erdo'g’an,  

“Arxivlarimiz armanlar masalasida hammaga ochiq. Taklif qildik lekin arxivlarda nimalar borligini bilgani uchun hech kim kelmadi. Haqiqatni tushunib yetmoqchi bo’lgan hamma mazkur arxivlarga kirishi mumkin. Bundan tashqari berilgan hech qanday bayonotni qabul qilmaymiz. Armanlarning ko’chirilishi chog’ida qatliom ham, katta falokat ham bo’lmagan. U faqatgina achchiq voqeadan iboratdir. Fransiya Prezidenti eng avvalo bu ishlarni o’rganishi darkor. Fransiyada 700 ming arman bor deb gapiraverish to’g’ri emas” deya gapirdi.

Turkiya tomonidan Rossiyadan olinadigan S-400 zenit-raketa masalasida esa Amerika Qo’shma Shtatlari bilan jiddiy kelishmovchilik borligini belgilab o’tgan Prezident,

“Kim nima desa desin. Biz uchun eng muhimi yurtimizning istiqbolidir. Suriyadagi terror muammosini hal qilish, S-400 zenit-raketa va shunga o’xshash xavfsizlik choralari ko’rishni davom ettiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Erdo'g’an, Go’lan tepasiga ham to’xtalar ekan u yerlarning Isroilga emas Suriyaga oid ekanligini tilga oldi va,

“1947-yildan beri qilgan ishlari bilan Isroil ishg'olchi hisoblanadi. U bu borada kuchini AQShdan olmoqda. Huddi ana shu kuch yordamida ishg’ol ishlarini davom ettirmoqda” dedi.

Erdo'g’an, Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishi masalasiga ham to’xtalar ekan u bu haqida,

“Anqara talab qilingan hamma shartlarni bajardi. Yevropa ittifoqi, o’zi kuzatgan noto’g’ri siyosatning ustini yopish uchun Turkiyani ayblamoqda” dedi.

Erdo'g’an shuningdek,  

“Turkiya-YI munosabatining rivojlantirilishi yoki to’xtatilishi kerak bo’lsa unda buning uchun yevropaliklar qadam tashlashi darkor. Turkiyani yoqtirmasangiz unda bu ishni tugataylik” dedi.

 



Aloqador xabarlar