Har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada, “Anzak kuni” deb nomlangan xotira marosimi o’tkazilmoqda

Har yili 25-aprel kuni Turkiyada, “Anzak kuni” deb nomlangan xotira marosimi o’tkaziladi.

1189784
Har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada, “Anzak kuni” deb nomlangan xotira marosimi o’tkazilmoqda
erdogan.jpg
erdogan.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bir xil dardlardan yangi dushman orttirish o’rniga undan do’stlik, sevgi va tinchlik ko’prigi tashkil etilishi kerakligini qayd etdi. Chanoqqal’aning bu jihatdan xalqaro hamjamiyatga o’rnak bo’lishini tiladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Anzak kuni” munosabati bilan Chanoqqal’ada o’z vatani va sharafini himoya qilgan yuz minglab askar, shahid va g’oziyni rahmat bilan yod etganligini belgilab o’tgan holda,  

“Bugun Chanoqqal’a urushida jon bergan har bir xalq askarini hurmat bilan yodga olamiz. Bir xil dardlardan yangi dushman orttirish o’rniga undan do’stlik, sevgi va tinchlik ko’prigi tashkil etilishi kerak. Chanoqqal’aning bu jihatdan xalqaro hamjamiyatga o’rnak bo’lishini tilayman. Anzak kuni munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarimiz orqali, butun dunyoni takror tinchlikka chaqiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

O’z so’zida respublikamiz asoschisi G’oziy Mustafa Kemal Ataturkning uzoq diyorlardan farzandlarini urushga yuborgan onalarga aytgan, “Avlodlaringiz bizning bag’rimizda orom olmoqda” degan ifodalarini eslatgan Prezident Erdo'g’an,

Ular bu tuproqda jon berganidan keyin bizning avlodimizdir degan so’zlar hammamizga tegishli. Bu jihatdan yangi avlodlarimizning vazifasi Chanoqqal’ada qon bilan, jon bilan, qat’iy qarorlilik bilan, jasorat bilan toshga, tuproqqa, dengizga qazilgan do’stlikni bir umr unutmaslikdir. Yangi urushlar bo’lmasligi, kelajak avlodning tinchlik ichida yashashi uchun hammaning o’z mas’uliyati bor. Shunday ekan Chanoqqal’a qahramonlarimizni yana bir bor hurmat bilan yodga olar ekanmiz, tadbirlar tufayli yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarimiz va hamyurtlarimizni chin yurakdan salomlayman” dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar