Anzak askarlari oilasiga yozgan maktubida, turk askarining do’stligiga to’xtalgan

Geliboluga kelgan Anzak askari tomonidan, 1915-yilning 22-oktabri kuni qalamga olingan maktub, Turkiyaning bittayu-bitta rasmiy Chanoqqal’a kollektori Seyit Ahmet Silayning kollektsiyasida o’rin olgan.

1189930
Anzak askarlari oilasiga yozgan maktubida, turk askarining do’stligiga to’xtalgan

Gelibolu yarim oroliga bundan roppa-rosa 104- yil muqaddam urush uchun kelgan Anzak askarlaridan birining, front maydonidan oilasi uchun yozgan maktubi, Geliboludagi urush maydonida qahramonlik dostoni yozgan Mehmetchikning (turk askarining), shu bilan birga dushmanga qarshi qanday qilib mehribon bo’linishi mumkinligini yaqqol ko’rsatmoqda.

Minglab kilometr yo’l yurib urush uchun Geliboluga kelgan Anzak askari tomonidan, 1915-yilning 22-oktabri kuni qalamga olingan maktub, Turkiyaning bittayu-bitta rasmiy Chanoqqal’a kollektori Seyit Ahmet Silayning kollektsiyasida o’rin olgan.

Anzak askari tomonidan, okoplar o’rtasidagi masofa ba’zan 7-8 metrga tushgan Gelibolu yarim orolida qalamga olingan maktub, front maydonidagi do’stlik haqida gapirar ekan shu bilan birga qahramon Mehmetchikning mehriga ham to'xtalib o'tadi.

Urush maydonida Mehmetchik bilan bo’lgan do’stligi haqida gapirgan Anzak askari,

“Bu hafta ikki kun davomida turklar judayam do’stona munosabatda edi. Ular ham, biz ham okoplarimizdan chiqdik. Bizdagi go’sht va boshqa narsalar evaziga ular sigaret va tamaki berishdi” deb yozgan.

Kollektor Silay, muhorabadan judayam qiziq hikoyalar chiqqanligini belgilab o’tgan holda,

“Kunduzi urushib, kechasi do’stona munosabatda o’tirgan askarlar bor. Ular hikoya qilingan turklar emas, g'amxo'r va insonparvar Anado’lu farzandlari edi. Oradan ancha vaqt o’tgach ishning o’ldirish qismidan chiqilib, insoniy munosabatlar tomon yo’l olingan va turklar bundan buyon nafratlaniladigan insonlar emas edi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar