Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shri Lankaga hamdardlik bildirdi

“Shri Lankada Pasxa bayramini nishonlash marosimlarida sodir etilgan portlashlarni qat’iyan qoralayman”,-deb yozdi Turkiya prezidenti Erdo’g’an tvitterda.

1187319
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shri Lankaga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shri Lankada 156 kishining hayotiga zomin bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Erdo’g’an tvitterda ushbu terrorchilik harakatini qoralar ekan, bu voqeani butun insoniyatga nisbatan sodir etilgan terakt deb hisobladi.

“Shri Lankada Pasxa bayramini nishonlash marosimlarida sodir etilgan portlashlarni qat’iyan qoralayman”,-deb yozdi Turkiya prezidenti Erdo’g’an.

Shuningdek, “Portlashda halok bo’lganlarning yaqinlariga va butun Shri Lanka xalqiga shaxsan o’z nomimdan va butun turk xalqi nomidan chuqur hamdardlik bildiraman. Yaradorlarga shifo tilayman”,-dedi prezident Erdo’g’an.

 

 

 



Aloqador xabarlar