Erdo'g'an: “Turkiya bilan Belarus savdo hajmini 1.5 milliard dollarga yetkazish imkoniga ega".

Prezident Erdo'g’an bilan Prezident Erdo'g’anning taklifiga binoan kecha Turkiyaga tashrif buyurgan Belarus Prezidenti Lukashenko avvalo o’zaro, ortidan esa hay’atlararo uchrashuv o’tkazar ekan buning yakunida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Erdo'g'an: “Turkiya bilan Belarus savdo hajmini 1.5 milliard dollarga yetkazish imkoniga ega".

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya bilan Belarusning savdo hajmini 1.5 milliard dollarga yetkazish imkoniga ega ekanligini qayd etdi.  

Prezident Erdo'g’an bilan Prezident Erdo'g’anning taklifiga binoan kecha Turkiyaga tashrif buyurgan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko prezidentlik qarorgohida avvalo o’zaro, ortidan esa hay’atlararo uchrashuv o’tkazar ekan buning yakunida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Uchrashuvlarda ikkala mamlakat o’rtasidagi siyosiy, harbiy, iqtisodiy, savdo va madaniy masalalarni qo’lga olish imkoni topganliklarini eslatib o’tgan Prezident Erdo'g’an,

“Bu orqali kelajak uchun qanday shaxdam qadamlar tashlashimiz mumkin degan savolga javob qidirishga imkon topdik” deya gapirdi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo hajmining o’sish oldida ekanligini eslatib o’tgan Erdo'g’an, 6 ta shartnomaga qo’l qo’yilganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Prezident Erdo'g’an 2016-yili 1 milliard dollarlik savdo hajmini rejalashtirganliklarini ham eslatib o’tar ekan bu haqida,

“Bu niyatimizga hali hanuz yetolmadik. Uchrashuvlarimizda bu borada yana-da ko’proq ishlashimiz kerakligini ham qo’lga oldik va endilikda yangi rejamiz bu raqamni 1.5 milliard dollarga yetkazishdir. Turkiya bilan Belarus buni amalga oshirish imkoniga ega” dedi.

Belarusda turk madaniyati va tiliga bo’lgan qiziqishning, belaruslik sayyohlar tomonidan eng ko’p tanlangan dam olish joylaridan birining Turkiya ekanligidan qanchalik xursand ekanliklarini yetkazgan Erdo’g’an, o’z so’zini:

“Vizasiz sayohat qilish imkoni qo’shgan hissa orqali 2016-yili 113 ming nafarni tashkil etgan belaruslik mehmonlarimizning soni 2018-yili 245 ming nafarga yetdi” deya davom ettirdi.  

Mushtarak matbuot anjuman oldidan Erdo’g’an bilan Lukashenkoning huzurida ikkala mamlakat o’rtasida 6 ta shartnomaga qo’l qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.

 



Aloqador xabarlar