Prezident Erdo'g’an Belarus Prezidenti Lukashenkoni rasmiy marosim bilan kutib oldi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyurdi.

1184548
Prezident Erdo'g’an Belarus Prezidenti Lukashenkoni rasmiy marosim bilan kutib oldi
Erdogan-Lukasenko1.jpg

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Prezident Erdo'g’an Belarus Prezidenti Lukashenkoni prezidentlik qarorgohida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Ikkala mamlakat hay’ati tanishtirilgach Prezident Erdo'g’an bilan Aleksandr Lukashenko avvalo o’zaro, ortidan esa hay’atlararo uchrashuv o’tkazdi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Lukashenkoning mazkur tashrifi chog’ida Turkiya va Belarus munosabati har jihatdan ko’rib chiqiladi va ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi uchun amalga oshirilishi kerak bo’lgan faoliyatlar qo’lga olinadi.   

Shuningdek qayd etilishicha mazkur tashrif chog’ida mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida fikr almashilishi kutilmoqda.

Kun tartibida ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga muhim hissa qo’shadigan turli shartnomalarga qo’l qo’yish masalalari ham o’rin olar ekan, Turkiya-Belarus biznes forumining o’tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.

Erdo’g’an va Lukashenko mazkur tashrifni, mushtarak matbuot anjumanida baholaydi.



Aloqador xabarlar