Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Prezident Erdo'g'anning taklifiga binoan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun Turkiyada bo’ladi.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyada bo’ladi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Lukashenkoning mazkur tashrifi chog’ida Turkiya va Belarus munosabati har jihatdan ko’rib chiqiladi va ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi uchun amalga oshirilishi kerak bo’lgan faoliyatlar qo’lga olinadi.   

Shuningdek qayd etilishicha mazkur tashrif chog’ida mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida fikr almashilishi kutilmoqda.

Kun tartibida ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga muhim hissa qo’shadigan turli shartnomalarga qo’l qo’yish masalalari ham o’rin olar ekan, Turkiya-Belarus biznes forumining o’tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.

 



Aloqador xabarlar