Yangi Istanbul aeroportida THYning yo'lovchi soni 1 mlndan oshdi

“Yangi aeroportga ko’chgan kundan e’tiboran, THY sifatida 4862 reysda jami 841 ming 915 yo’lovchiga xizmat berdik. Bugungi yo’lovchilarimiz bilan bu raqam 1 mlndan oshadi”,-deydi THY direktori Bilol Ekshi.

Yangi Istanbul aeroportida THYning yo'lovchi soni 1 mlndan oshdi

 

Turk Havo Yo’llari aviakompaniyasining Istanbul aeroportida xizmat bergan yo’lovchi soni bugun 1 mlndan oshadi.

Turk Havo Yo’llari aviakompaniyasi bosh direktori Bilol Ekshi ma’lum qilishicha, THY kuni kecha “Otaturk” xalqaro aeroportidan yangi qurilgan “Istanbul” xalqaro aeroportiga ko’chirildi. 6 apreldan e’tiboran to’liq xizmat bera boshlagan yangi aeroportda xizmat berilgan yo’lovchi soni 1 mlnga yaqinlashdi.

“Yangi aeroportga ko’chgan kundan e’tiboran, THY sifatida 4862 reysda jami 841 ming 915 yo’lovchiga xizmat berdik. Bugungi yo’lovchilarimiz bilan bu raqam 1 mlndan oshadi”,-deydi THY direktori Bilol Ekshi.


Tanlangan kalimalar: Istanbul aeroporti , yo'lovchi , THY

Aloqador xabarlar