Chavusho’g’lining Krimiga bergan javobi Instagramda qattiq qo’llab-quvvatlandi

Chavusho’g’lining, NATO Parlament Assambleyasi yig’ilishida fransuz parlamenti a’zosi Sonia Krimining 1915-yilgi voqealar haqidagi so’zlariga bergan javobi ijtimoiy tarmoqda katta minnatdorchilik bilan qarshi olindi.

Chavusho’g’lining Krimiga bergan javobi Instagramda qattiq qo’llab-quvvatlandi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining, NATO Parlament Assambleyasi yig’ilishida fransuz parlamenti a’zosi Sonia Krimining 1915-yilgi voqealar haqidagi so’zlariga bergan javobi ijtimoiy tarmoqda katta minnatdorchilik bilan qarshi olindi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan mamlakatning Antaliya shahrida uyushtirilgan NATO PAning navbatdagi to’qsan to’qqizinchi Rose-Roth seminari bilan O’rta yer dengizi-Yaqin Sharq maxsus guruhining qo’shma yig’ilishida ishtirok etgan fransuz parlament a’zosi Krimining so’zlariga Chavusho’g’li bergan javob, ijtimoiy tarmoqda jazoirliklar tomonidan qattiq qo’llab-quvvatlandi.

Chavusho’g’li, NATO PA yig’ilishining birinchi kuni ortidan Instagram hisobida, Turk bayrog’i bilan “İlelebet gölgesinde” (Abadiy soyasida) degan so’zlar bilan post qoldirar ekan Jazoir fuqarolari bu postni bayroq suratlari bilan qo’llab-quvvatladi.   

Ko’plab jazoirlik Instagram foydalanuvchisi Chavusho’g’lining mazkur posti ostiga Turk va Jazoir bayroqlarini yonma-yon qo’yish orqali chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Chavusho’g’l, NATOning bu yig’ilishida,

“Qatliom va tarix masalasida Turkiyaga saboq beradigan oxirgi davlat Fransiyadir. Chunki Ruandada, Jazoirda yuz bergan voqealarni unutganimiz yo’q. Fransiya oldin o’zining qorong’u tarixiga qiyo boqsin. Turkiyaga saboq berishga urinmasin” degan ifodalarga o’rin bergandi.

 



Aloqador xabarlar