Chavusho’g’li, Macronning 24-aprel qarornomasiga e’tiroz bildirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronning 24-aprelni Armanistonning qatliom iddiosiga ko’ra “Arman qatliomi qurbonlarini yodga olish kuni” deb e’lon qilishiga Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li e’tiroz bildirdi.

1181526
Chavusho’g’li, Macronning 24-aprel qarornomasiga e’tiroz bildirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronning 24-aprelni Armanistonning qatliom iddiosiga ko’ra “Arman qatliomi qurbonlarini yodga olish kuni” deb e’lon qilishiga Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li e’tiroz bildirdi.

Chavusho’g’li mavzu haqida Twitter orqali bergan bayonotida,  

“Fransiya Prezidenti Macronning 24-aprel qarornomasi Yevropaning Inson huquqlari bo’yicha sudi bilan Fransiyaning Konstitutsiyaviy sudini ochiq-oydin paymol qilmoqda. Macron saylovoldi kompaniyasi jarayonida armanlarga bergan va’dalarini bajarishga harakat qilish orqali yana populizm yaratmoqda. Bizningcha eng avvalo o’zlarining qorong’u tarixiga nazar tashlasin. Ruanda qatliomidan beri cho’rak asr o’tdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li navbatdagi Turkiya-Niderlandiya konferentsiyasi ortidan Amsterdamda niderlandiyalik kasbdoshi Stef Blok bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida ham,

“Bu qarorning biz uchun hech qanday kuchi yo’qdir. Bu borada biz ham kerakli chora va tadbirlarni olganmiz. Mazkur chora va tadbirlar ustidan Anqarada ba’zi faoliyatlarni boshlatdik” dedi.  

Bunday siyosiy qarorlarni qabul qilishlik, tarixni noto’g’ri aks ettirishlik siyosatchilarga yarashmasligini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“Siyosatchilarning bu masalalarda qaror qabul qilishi to’g’ri emasdir. Bu masalalarda Fransiyaning qaror qabul qilishi esa butunlay noto’g’ri, hatto tragikomikdir. Ham yig’latadi, ham kuldiradi. Shunday ekan Fransiya o’z tarixiga biz nazar tashlashi darkor” deya gapirdi.

Macron kecha 24-aprelni Armanistonning qatliom iddiosiga ko’ra “Arman qatliomi qurbonlarini yodga olish kuni” deb e’lon qilgan qarornomani tasdiqlagan edi.

Macronning bu qarori ortidan 24-aprel Fransiyaning rasmiy taqvimida ko’rsatiladi.

 

 



Aloqador xabarlar