Morales:“Do’st bo’lishimizga ishonaman, chunki ayni tushunchalarga egamiz..."

Poytaxt Ankaradagi prezidentlik saroyida Turkiya va Boliviya prezidentlarining tor va keng doiradagi rasmiy uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

1180383
Morales:“Do’st bo’lishimizga ishonaman, chunki ayni tushunchalarga egamiz..."

Kecha Boliviya prezidenti Xuan Evo Morales Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Poytaxt Ankaradagi prezidentlik saroyida Turkiya va Boliviya prezidentlarining tor va keng doiradagi rasmiy uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Uchrashuvlar yakunlangach, matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Boliviya prezidenti Xuan Evo Morales ikki mamlakat o’rtasida yaqin do’stlik o’rnatishning ahamiyatiga to’xtaldi.

“Do’st bo’lishimizga ishonaman, chunki ayni tushunchalarga egamiz. Turkiyaning Venesuela haqidagi tushunchalariga men ham qo’shilaman”,-dedi Boliviya prezidenti.

“Venesuela davlatini, hukumatini va xalqini juda yaxshi bilaman. Venesuela - xalqi ham vatanparvar, inqilobchi xalq. Iqtisodiy muammolarga qaramay, mustaqilligini va davlat suverenitetini himoya qiluvchi mamlakat. Venesuela xalqi sharafini va shaxsiyatini saqlab qolgan davlatdir. Shu sababli ularni qo’llab-quvvatlaymiz”,-deb aytgan Morales.
Morales Lotin Amerika qit’asidagi xalqlarga murojaat qilar ekan, siyosiy tushunchasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, hukumatlar harbiy kurashga yo’l qo’ymasligi kerakligini ta’kidladi.
“Venesuelaga rahbar tayinlanishida AQShning qo’li borligidan mamnun emasmiz. Buni qabul qila olmaymiz”,-dedi u.

Boliviya prezidenti Xuan Evo Morales Turkiya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarga ham katta ahamiyat berishini ma’lum qildi.

Morales 2030 yilga qadar 41 ta kimyoviy zavod (litiy), farmatseftika va dori mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonalar qurilishini ma’lum qilar ekan, Turkiyani bu sektorga investitsiya kiritishga taklif qildi.

Moralesning ta’kidlashicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham joriy yilda katta delegatsiya bilan Boliviyaga ziyorat amalga oshiradi va Boliviyadagi tadbirkorlar bilan hamkorlik salohiyatini ko’zdan kechiradilar.
Turkiya bilan mudofaa sanoati sohasida yaqindan hamkorlik qilish istagini tilga olgan Morales: “Ayniqsa, kontrabandaga qarshi kurash yo’lida hamkorlikka ehtiyoj bor. Qurolli kuchlarimiz bilan birgalikda hamkorlik qilib, texnologiya xarid qilish yoki texnologiyani o’rtoqlashishni xohlaymiz va bunga ehtiyojimiz bor”,-dedi.

Shu bilan birga, Turkiya tomonidan Boliviyaga yuborilgan sho’ra donalarini ajratish texnologiyasi va byurak plantatsiyasi jarrohlik amaliyoti hamda ayollar shifoxonasi uchun ta’minlangan anesteziya jihozining Boliviya xalqiga xizmati beqiyos ekanligini ta’kidladi.

“Sizlar bilan yaqindan tanishgach, Turkiyaning shaydosi bo’lganimni aytmoqchiman”,-deya ta’kidlagan Morales, Turkiya prezidenti Erdo’g’an zikr etgan barcha tamoyillarni qo’llab-quvvatlashini tilga oldi.

Shuningdek, Boliviyada turk seriallariga bo’lgan qiziqish juda katta ekanligini ilova qildi.

Bundan tashqari, Boliviyada
Turk Havo yo’llari mashhur ekanligini ta’kidlagan Morales: “Umid qilamanki, 2020 yilning birinchi choragida Turkiyadan Boliviyaga to’g’ridan samolyot parvozlari yo’lga qo’yiladi. Agar bu amalga oshsa, juda bahtiyor bo’lardim”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Boliviya , #Xuan Evo Morales , #tashrif

Aloqador xabarlar