Boliviya Respublikasi prezidenti Evo Morales Turkiyaga tashrif buyuradi

Boliviya Respublikasi prezidenti Evo Morales Ankarada Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi.

1179583
Boliviya Respublikasi prezidenti Evo Morales Turkiyaga tashrif buyuradi

Boliviya Respublikasi prezidenti Evo Morales Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirmoqda.

Evo Morales Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan bugun poytaxt Ankaraga tashrif buyuradi.

Prezidentlik aloqa boshqarmasi ma’lum qilishicha, mazkur ziyorat Boliviyadan Turkiyaga prezident darajasida amalga oshiriladigan dastlabki ziyorat hisoblanadi. Tashrif chog’ida Turkiya-Boliviya o’rtasidagi munosabatlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Lotin Amerika va Karib davlatlari jamiyati o’tkinchi rahbari Boliviya bilan mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar haqida fikr almashishi ko’zda tutilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Boliviya , #Evo Morales , #tashrif

Aloqador xabarlar