Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p Qatar amiri bilan uchrashdi

Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p Qatar amiri Al Saniga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning salomini yetkazdi.

1178484
Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p Qatar amiri bilan uchrashdi

Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurdi.

U Dohada bo’lib o’tadigan Parlamentlararo ittifoqning 140-umumiy kengashi anjumanida ishtirok etadi.

Mustafo Shento’p tashrif chog’ida Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani tomonidan qabul qilindi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Qatar munosabatlari, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p Qatar amiri Al Saniga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning salomini yetkazdi.



Aloqador xabarlar