Turkiyadagi saylovda “Xalq ittifoqi” blogi g'alaba qozondi

Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) bilan Milliy harakat partiyasidan (MHP) tashkil topgan “Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifakı) 51.74 foiz ovoz nisbati bilan saylovning g’olibi bo’ldi.

1174470
Turkiyadagi saylovda “Xalq ittifoqi” blogi g'alaba qozondi

Kecha 31 mart yakshanba kuni Turkiyada mahalliy saylovlar bo’lib o’tdi.

Saylovda Turkiya miqyosida g’alaba qozongan tomon ikkita yirik siyosiy partiyadan tashkil topgan blok “Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifaki) bo’ldi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) bilan Milliy harakat partiyasidan (MHP) tashkil topgan “Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifakı) 51.74 foiz ovoz nisbati bilan saylovning g’olibi bo’ldi.

Saylovda Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP) va Yaxshi partiyadan (IYI partiya) tashkil topgan ikkinchi siyosiy blok “Millat ittifoqi” esa 37.64 foiz ovoz oldi.

Mahalliy hokimiyat organlariningsaylovdagi ovoz nisbati quyidagicha;

Barcha hokimiyatlarning 44.42 foizini Ak partiya, 30.7 foizini JXP, 7.46 foizini Yaxshi partiya, 7.25 foizini MHP, 4.2 foizini Xalqlarning demokratik partiyasi (HDP) egalladi.

Qolgan partiyalar esa, hokimiyatlarning 6.60 foizini qo’lga kiritdi.

Hokimiyat boshqaruvlariga nazar tashlanganda Ak partiya 796 ta, JXP 246 ta, MHP 227 ta, HDP 69 ta va Yaxshi partiya 21 ta hokimiyat boshqaruvi uchun saylovni birinchi o’rinda yakunladi.

Norasmiy natijalarga ko’ra, uchta yirik shaharda natijalar quyidagicha;

 

ANKARA:

“Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifakı) (Ak partiya-MHP): 47.20 foiz

“Millat ittifoqi” (Jumhuriyatchi xalq partiyasi-Yaxshi partiya) 50.62 foiz

 

ISTANBUL:

“Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifakı) (Ak partiya-MHP): 48.71 foiz

“Millat ittifoqi” (Jumhuriyatchi xalq partiyasi-Yaxshi partiya) 48.65 foiz

 

İZMİR:

“Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifakı) (Ak partiya-MHP): 38.49 foiz

“Millat ittifoqi” (Jumhuriyatchi xalq partiyasi-Yaxshi partiya) 58.06 foiz



Aloqador xabarlar