Turkiyaning do’stlik ko’prigi 12-qism

"Turkiya grandlari" dasturi va bu dasturga murojaat qilish uchun belgilangan shartlar haqida ma’lumot...

1168500
Turkiyaning do’stlik ko’prigi 12-qism

                             

 

       Xurmatli tinchlovchilar! Dasturimizning o’tgan bir necha sonida "Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar" boshqarmasining faoliyatlari haqida ma’lumot berib kelyabmiz. Dasturimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.

Bugungi dasturimizda ushbu boshqarmaning asosiy faoliyatlaridan biri bo'lgan "Turkiya grandlari" dasturi va bu dasturga murojaat qilish uchun belgilangan shartlar haqida ma’lumot beramiz. Yoki ushbu dasturdan foydalana olish imkoniyatini qo'lga kiritgan talabalar qanday jarayondan o'tishi va qanday shartlar bilan tanlanganligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tmoqchimiz.

 

TALABALARNİNG TANLANİSHİ

Turkiya grandlari dasturiga murojaat qilgan talabalar avvalo ularning muvaffaqiyatli baholari, darslardan tashqari olib borgan faoliyatlari va boshqa kasb qobiliyatlariga qarab tanlanadi. 

 

1. Dastlabki Bosqich:

Dasturga murojaat etgan talabalarning olgan baholari, ularning yoshlari, turli hujjatlari kabi asosiy shartlar ko’zdan kechiriladi.

 

2. Saralash jarayonining oxirgi bosqichi:

Turkiya grandlari dasturiga qabul qilinganlarning: olgan baholari, darsdan tashqari faoliyatlari, karyerasi bo’yicha o’z oldiga qo’ygan maqsad va rejalari, qaysi sohani tanlashi, o'zining talabnomasining aniq-ravshan yozilishi, ijtimoiy faoliyatlarga qatnashishi kabi shartlar, stipendiya beruvchi tashkilotning Mutaxassislar Komiteti tomonidan astoydil tekshirilib tahlil etiladi. Bu bosqichdan so'ng, dasturdan foydalanishga loyiq deb topilganlar "Muloqot"ga chaqiriladi.

 

3. Muloqot jarayoni:  Stipendiyaga loyiq deb topilgan nomzodlar, akademik va mutaxassis kadrlardan tashkil topgan komissiya tomonidan muloqotga olinadi.

 

4. So'nggi bosqich: Muloqot komiteti tomonidan stipendiyaga loyiq deb topilgan nomzodlar muloqot komitetining so’ngi munozarasidan so'ng stipendiya oluvchilarning ro'yxati e'lon qilinadi.

 

Eng oxirgi Bosqich:

  1. Stipendiyaga loyiq deb topilgan nomzodlarning muloqotlari, o'z davlatlarida olib boriladigan muloqotga chaqirilgan holda amalga oshiriladi. Ba'zi vaziyatlarda nomzodlar bilan internet yoki telefon orqali muloqot qilinishi ham mumkin. Muloqot komitetida, kamida bir nafar Turkiya grandlari dasturi vakili va Turkiya universitetlaridan kelgan bir akademiktan tashkil topadi.
  2. O'rtalama 15-30 daqiqa davom etadigan ushbu muloqot, quyida izoh etilgan format asosida amalga oshiriladi.

 

1. Nomzodni muloqot kabinetiga olish.

2. Hujjatlarni tekshirish.

3. Nomzodning dasturga murojaat etish jarayonini tahlil qilish.

4. İlmiy ma'lumoti va karyerasi bo’yicha maqsad va rejalarini belgilash.

5. Nomzodning savollariga javob berish va xulosa.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar