Turkiyaning do’stlik ko’prigi 11-qism

Bugungi dasturimizda "Turkiya grandlari" dasturi va bunga kimlar murojaat qila oladi? Qanday hujjatlar topshirish kerak va dasturning tarkibi nimalardan iborat? degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.

1163895
Turkiyaning do’stlik ko’prigi 11-qism

                                                   

 

Xurmatli tinchlovchilar! “Turkiyaning do’stlik ko’prigi” nomli dasturimizning yangi sonida yana uchrashib turibmiz.

Dasturimiz mobaynida Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar jamiyati boshqarmasining faoliyatlari haqida ma'lumot berib kelmoqdamiz.

Bugun esa, sizlarga Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar jamiyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan juda ko'plab loyihalar, jumladan "Turkiya grandlari" dasturi va bunga kimlar murojaat qila oladi? Qanday hujjatlar topshirish kerak va dasturning tarkibi nimalardan iborat? degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.

 Avvalgi bo’limlarimizda aytib o’tganimizdek, mazkur dastur 2012 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Dastur uchun kerakli hujjatlar: Avvalambor Turkiya grandlari dasturiga internet orqali murojaat qilinadi va murojaat uchun quyidagi hujjatlar internet orqali talab qilinadi.

 

       .Shaxsiy fuqarolik hujjati

  • Passport

  • Fotosurat

  • Umumiy test natijasi (agarda bor bo'lsa)

  • Diplom yo'ki vaqtinchalik berilgan bitiruvchi hujjati

  • Transkript

  • Xalqaro imtihon natijalari ( ba'zi fakultetlar talab qilishi mumkin bo'lgan GRE, GMAT kabi imtihonlar)

  • Til bo’yicha imtihon natijalari (ba'zi fakultetlar talab qilishi mumkin)

  • Doktoranturaga murojaat qiluvchilardan esa –Ilmiy tadqiqot taklifi va bugungi kunga qadar olib borgan tadqiqotlarga doir yozma ma’lumotnoma (Faqat doktoranturaga murojaatlar uchun talab qilinadi)

 

Stipendiyaga kimlar murojaat qila oladi?

 

  • Turkiya grandlari dasturiga butun dunyodan talabalar murojaat qila oladi.

  • Dastur uchun kerakli bo'lgan akademik muvaffaqiyatlarning minimum darajasi:

  • Fakultetni bitirib aspiranturaga murojaat qilmoqchi bo’lganlar uchun 70 %

  • Meditsina fakultetlariga murojaatlar uchun (Meditsina, Stomatologiya va farmasevtika): 90 %

  • Magistratura va doktorantura diplomiga ega bo’lganlardan esa umumiy baholar to’plami: 75% dan ko'p bal olgan bo'lishi talab qilinadi.

 

  • Shuningdek Turkiya grandlariga murojaat qilish uchun quyidagi qo'shimcha shartlar ham mavjud:

  • Fakultetlarda ta'lim olish uchun 21 yoshdan o'tmagan bo'lishi kerak

  • Magistratura bosqichi uchun 30 yoshdan o'tmagan bo'lishi kerak

  • Doktorantura bosqichlari uchun 35 yoshdan o'tmagan bo'lishi kerak

  • Ilmiy tadqiqot dasturlari uchun 45 yoshdan o'tmagan bo'lishi kerak.

 

 Stipendiyaning tarkibi nimalardan iborat?

 

  1. Stipendiya miqdori:

    • Fakultet bosqichida:         oylik 700 lira

    • Magistratura bosqichida:  oylik 950 lira

    • Doktorantura bosqichida: oylik 1400 lira

    • Tadqiqot bosqichida:        oylik 3000 lira

    • Turk tilini o'rganish bosqichida: oylik 500 lira

    • Davlat xodimlari va akademiklar uchun turk tilini o’rganish dasturi: oylik 2000 lira

  2. Universitetga to'lanadigan mablag'lar

  3. Bir martaga maxsus borish-kelish samolyot chiptasi

  4. Yotoqxona

  5. Bir yil davomida turk tili darslari



Aloqador xabarlar