Turkiya Efiopiyaga chuqur ta'ziya izhor etdi

Efiopiya havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’i kecha ertalab Keniya poytaxti Nairobiga qarab yo’l olgan paytda yerga qulab, uchoqdagilarning hech birini qutqarish imkoni bo’lmagan.

1160654
Turkiya Efiopiyaga chuqur ta'ziya izhor etdi

Turkiya uchoq halokati tufayli Efiopiyaga ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Efiopiya poytaxti Addis Abebadagi aeroportdan ko’tarilgan va Keniya poytaxti Nairobiga qarab yo’l olgan yo’lovchi uchog’ining 157 nafar yo’lovchi va ekipaji bilan birgalikda halokatga uchrashi haqidagi xabarni chuqur qayg’u bilan eshitdik. Mazkur dahshatli voqeada jon berganlarga Olloxdan rahmat, yaqinlari va qardosh Efiopiya xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz” deyildi.

Aytib o’tish joizki Efiopiya havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’i kecha ertalab Keniya poytaxti Nairobiga qarab yo’l olgan paytda qulagandi.

Efiopiya havo yo’llari mavzu haqidagi o’z bayonotida ko’tarilganidan keyin atigi 6 daqiqa o’tgach yerga qulagan uchoqda 149 nafar yo’lovchi bilan 8 nafar ekipajning borligini qayd etgandi. Shuningdek voqeaning Addis Abebaning 50 kilometr janubida, Debre Zeit yaqinida yuz berganligi aytilgan.

Efiopiyaning milliy radio-eshittirish xizmati (EBC) tarqatgan ma’lumotga ko’ra uchoqdagi 157 kishidan hech birini qutqarish imkoni bo’lmagan.

Boeing 737-8 MAX rusumidagi uchoqning halokatga uchrashining sababi haligacha noma’lum.



Aloqador xabarlar