Prezident Erdo'g’an AQShning S-400 masalasiga qarshi chiqishini tanqid qildi

Prezident Erdo'g’an mamlakatning Diyarbakir viloyatidagi “Seyrantepe” sport zalida o’tkazilgan Turkiya Yoshlar fondining navbatdagi tadbirida ishtirok etar ekan unda AQShning S-400 masalasiga qarshi chiqishini tanqid qildi.

1160330
Prezident Erdo'g’an AQShning S-400 masalasiga qarshi chiqishini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlarining dardi Turkiyaning S-400 zenit-raketa tizimini xarid qilib olishi emas Turkiyaning, Suriya bosh bo’lish bilan birga mintaqasidagi vaziyatni o’z xohishi bilan kuzatish imkonini qo’lga kiritishi ekanligini qayd etdi.  

Prezident Erdo'g’an mamlakatning Diyarbakir viloyatidagi “Seyrantepe” sport zalida o’tkazilgan Turkiya Yoshlar fondining navbatdagi tadbirida ishtirok etdi.

Turkiyaning o’z kuchi bilan rivojlana boshlaganidan beri haq va haqiqat haqida baralla gapiradigan bo’lganligini eslatgan Erdo’g’an,

“Buni yo’qtirmaganlar, haligacha ortta qolgan eski kemalarini yuritish dardida. AQShning S-400 larga bo’lgan munosabati buning bir o’rnagi hisoblanadi. Turkiyaning mazkur mudofaa tizimini nima uchun va qanday shartlarda olganligi, qanday foydalanishi yaqqol o’rtada. Bu masalaning NATO bilan ham, F-35 urush uchoqlari bilan ham, AQShning xavfsizligi bilan ham hech qanday aloqasi yo’qdir” dedi.

Erdo’g’an,

“Shunday ekan unda nima uchun S-400 masalasida AQSh Turkiyaga qarshi chiqmoqda degan savol tug’iladi. Buning javobi ochiq-oydin o’rtada. Masala S-400 emas, Turkiyaning, Suriya bosh bo’lish bilan birga mintaqasidagi vaziyatni o’z xohishi bilan kuzatish imkonini qo’lga kiritishidir” deya gapirdi.  

Turkiyaning bundan aslo voz kechmasligini ta’kidlagan Prezident Erdo'g’an,

“Bugungi kunda bizga S-400 masalasida qarshi chiqqanlarning o’z vaqtida yurtimiz tuproqlariga terroristlarning raketalari, bombalari yog’dirilganida mavjud tizimlarni qanday to’plab ketganligini ham yaxshi bilamiz. Ollox nasib qilsa o’tmishdagi bir necha muammolarni hal qilganimizdek bularni ham aql bilan, mantiq bilan, mushtarak foydalar talabiga javob beradigan darajada hal qilamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  



Aloqador xabarlar