Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimi sotib olishdan voz kechmaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatning xususiy telekanallaridan birida Turkiyaning kun tartibini baholadi.

1158486
Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimi sotib olishdan voz kechmaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimi sotib olishdan voz kechmasligini belgilab o’tgan holda,  

“Ruslar bilan kelishib oldik. Birgalikda ishlab chiqarishni boshlaymiz. Balkim S-400 dan keyin S-500 ham olamiz” dedi.

Prezident mamlakatning xususiy telekanallaridan birida Turkiyaning kun tartibini baholadi.

S-400 raketa tizimi masalasida ba’zi muhitning Turkiya haqidagi fikri nazarda tutilgan holda berilgan savolga qarshi Prezident Erdo'g’an quyidagicha javob berdi:

“S-400 masalasida biz kerakli faoliyatlarni amalga oshirdik. Shunday ekan bundan buyon u haqida gapirishlikning foydasi yo’q. Chunki ham hurmatli Putin (Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin) ham Rossiya bilan biz bu borada kelishib oldik desak ham bo’ladi. Yani kredit shartidan boshlab mushtarak ishlab chiqarish masalasigacha hammasi qo’lga olindi, hatto imzolandi. Shunday ekan bundan voz kechilmaydi. Voz kechishlik ham bizga yarashmaydi” dedi.

Ruslar bilan S-400 ning birgalikda ishlab chiqarilishi ham mumkinligiga e’tibor qaratgan Prezident Erdo'g’an,

“Balki S-400 dan keyin S-500 ham olamiz. Bizning S-400 olishimizga qarshi chiqqanlar nimaga endi (S-300 olgan) Gretsiyaga qarshilik ko’rsatmadi? Nimaga endi Bolgariyaga, Slovakiyaga qarshilik ko’rsatmadi? Shu bilan birga ular ham NATO ga a’zo” deya gapirdi.   

NATO Bosh kotibining S-400 haqidagi, “Bu sheriklarimizning eng tabiiy haqqidir. Shunday ekan biz bunga aralasha olmaymiz” deganligini eslatgan Erdo'g’an, o’z so’zini:

“S-400 masalasida judayam maqul shartlar ostida kelishib oldik. Shu yilning iyul oyigacha yuborishni rejalashtirmoqdalar” deya yakunladi.  



Aloqador xabarlar