Turkiyaning do’stlik ko’prigi 9-qism
Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar jamiyati boshqarmasining ahamiyatga molik dasturlaridan biri "Turkiya grandlari" loyihasidir.
Xurmatli tinchlovchilar! “Turkiyaning do’stlik ko’prigi” nomli dasturimizning yangi sonida yana uchrashib turibmiz.
Dasturimizning so'nggi uch bo’limida Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar jamiyati boshqarmasining faoliyatlari xaqida ma'lumot berib kelmoqdamiz.
Bugun esa, sizlarga Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar jamiyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan juda ko'plab loyihalar orasida alohida o’ringa ega bo’lgan "Turkiya grandlari" loyihasi haqida qisqacha ma'lumot beramiz. Mazkur loyiha 2012 yildan buyon juda faol bo’lib bormoqda.
"Turkiya grandlari" dasturi chet mamlakatlardan Turkiyaga tahsil olish uchun kelgan talabalarni stipendiya bilan ta’minlabgina qolmasdan, ularni universitetlarga joylashtirish vazifasini ham zimmasiga oladi. Ushbu xususiyati bilan ham boshqa davlatlarning grand dasturlaridan alohida ajralib turadi.
2018 yildagi statistika ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunga qadar 164 davlatdan 138 ming talaba Turkiyada tahsil olish uchun murojaat qilgan. Ular universitet tahsilini yakunlab, o'z vataniga qaytganida Turkiyaning ramziy elchilariga aylanadilar. Ular yurtdoshlarida Turkiyadagi universitetlarga qiziqish uyg’otadilar va ularni o’qishga jalb qiladilar. Shu sababli xorij mamlakatlardan Turkiyaga tahsil olish uchun kelayotgan talabalar soni tobora ortib bormoqda.
Turkiya Respublikasi 2000-yillardan e'tiboran o'zining tashqi siyosati, iqtisodiyoti, ijtimoiy siyosati kabi har sohada olib borayotgan taraqqiyotini xalqaro ta'lim-tarbiya sohasida ham rivojlantirdi va bu sohada ilg'or qadam tashladi.
Turkiyada stipendiya olishga muvaffaq bo'lgan talabalar, stipendiya olish bilan bir qatorda, bir marta borish-kelishga maxsus samolyot chiptasi, universitetga to'lanadigan to'lovlar, umumiy salomatlik sug'urtasi, yotoqxona va turk tilini o'rgatuvchi tayyorgarlik kurslaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu bilan birga, talabalar uchun ilmiy, ijtimoiy, madaniy va sport faoliyatlari sohasida ham katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi
Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad bin Zoid al - Nahyon telefon orqali muloqot qildi.