Turkiya Misrda mahbuslarga nisbatan qo'llanilgan o’lim jazolarini qoraladi

“Inson huquqlari bo’yicha olamga jar solgan davlatlar nima uchun bu mavzuda jim-jit?",-dedi Ak partiya rahbari o’rinbosari Jevdet Yilmaz.

1152897
Turkiya Misrda mahbuslarga nisbatan qo'llanilgan o’lim jazolarini qoraladi

Ak partiya rahbari o’rinbosari Jevdet Yilmaz: “Misrda o’lim jazolari ijro etilayotgan bir paytda xalqaro yig’ilishlarning hech narsa bo’lmagandek odatdagi kabi o’tkazilayotganligi achinarli holat”,-dedi.

Jevdet Yilmaz bu so’zlarni Bingo’l viloyatidagi matbuot anjumanida tilga oldi.

Misrda mahkumlarga berilayotgan o’lim jazolarini qayg’u bilan kuzatib borayotganligini ta’kidlagan Yilmaz: “Yosh insonlar o’lim jazosiga tortildi. Biz yuraklarni larzaga soluvchi o’sha tasvirlarni tomosha qildik. Afsuski, butun dunyo tomosha qildi. Lekin, hech kim bunga yetarlicha qarshilik ko’rsata olmadi”,-dedi.

“Inson huquqlari bo’yicha olamga jar solgan davlatlar nima uchun bu mavzuda jim-jit? Bu juda achinarli. Biz Misr xalqiga madadkormiz. Misr xalqi bizning qardoshimiz. Ayni qadriyatlarga va ayni madaniyatga egamiz. Umid qilamizki, Misr xalqi tez orada bu qiyinchiliklardan qutuladi”,-deydi u.

Eslatma: 2015 yilda sodir bo’lgan portlashda halok bo’lgan bosh prokuror Xisham Berekatning o’limiga sabab bo’lganlikda ayblangan 9 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan o’lim jazosi o’tgan hafta ijro etildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Misr , #o'lim jazosi

Aloqador xabarlar