Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotganini alohida ta'kidladi.

1152730
Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun 26 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Muloqot chog’ida, Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anni 65 yoshga to’lganligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Turkiya prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotganini alohida ta'kidladi.

Shu bilan birga, Putin Turkiya-Rossiya munosabatlarida janob Erdo’g’anning shaxsiy hissasi borligini ma’lum qildi.

Ikki yetakchi aprel oyida Rossiya poytaxti Moskvada o’tkazilishi rejalangan Turk-Rus Oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishiga tayyorgarliklarni ko’zdan kechirdi.

Mazkur yig’ilishga Vladimir Putin va Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchilik qiladi.

 

 



Aloqador xabarlar