Erdo'g'an: “Suriyada tashkil etiladigan xavfsiz hudud nazorati Turkiyaning qo’lida bo’lishi kerak”.

Sochida Suriya masalalari bo’yicha o’tkazilgan sammitdan qaytar chog’ida gapirgan Prezident Erdo'g’an, Rossiyaning “xavfsiz hudud” taklifiga iliq ko’z qarashda ekanligini lekin hudud nazoratining Turkiyaning qo’lida bo’lishi shartligini bildirdi.

1146552
Erdo'g'an: “Suriyada tashkil etiladigan xavfsiz hudud nazorati Turkiyaning qo’lida bo’lishi kerak”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyada tashkil etiladigan "xavfsiz hudud" nazoratining Turkiyaning qo’lida bo’lishi kerakligini bildirdi.

Rossiyaning Sochi shahrida Suriya masalalari bo’yicha o’tkazilgan sammitdan qaytar chog’ida gapirgan Prezident Erdo'g’an, Rossiyaning xavfsiz hudud taklifiga iliq ko’z qarashda ekanligini ma’lum qildi.

Xavfsiz hududning Turkiyaning nazorati ostida bo’lishi kerakligi masalasi bilan Anqaraning shartlarini eslatgan Prezident Erdo'g’an  

“Xavfsiz hudud nazorati Turkiyaning qo’liga topshirilmagudek bo’lsa unda bizning xavfsizligimiz xavf ostida qolishni davom ettiradi. Nomi tilga olingan hududning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti uchun qalqonlik vazifasini o’tashiga ruxsat bermaymiz. Bu borada qarorimiz qat’iydir” dedi.

Firot daryosining sharqining terror tashkilotidan qutqarilishi kerakligini yana bir bor takrorlagan Prezident Erdo'g’an, 1998-yili Suriya bilan qo’l qo’yilgan, “Adana kelishuvi”ni eslatib, unda terrorga qarshi kurash moddasi borligini qayd etdi.

Tegishli tashkilotlarning, mazkur kelishuvlar ustidan ish olib borganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Terrorizmga qarshi kurashda bu kelishuvdan yurtimiz manfaati uchun foydalanish masalasida qo’limizdan kelishicha mexnat qilamiz. Biz o’z tadbirimizni oldik. Shunday ekan quriqlikdan ham, havodan ham hammasiga tayyormiz” deya gapirdi.  

Idlibdagi muammolarni hal qilish uchun birgalikda nimalar qilinishi kerakligiga ham to’xtalgan Erdo’g’an, Rossiyani nazarda tutgan holda, Idlibdagi terroristlarga qarshi birgalikda amaliyot uyushtirish fikriga iliq ko’z qarashda ekanligini bildirdi.

Erdo’g’an,

“Vaziyatga qarab amaliyot uyushtirilishi mumkin. Bunga hech qanday to’siqlik yo’q. Biz ko’rgan choralar Idlib xalqining tinchligi va baxti uchundir” dedi.

Rossiyadan S-400 mudofaa tizimlarining olinishini ham baholagan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, bundan voz kechish niyatlarining yo’qligini “bu ish tamom” degan so’zlar bilan yetkazdi. Shuningdek, uni shu yilning iyul oyida qabul qilib olishni rejalashtirayotganliklarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar