Suriyada birinchi o’rinda Idlib bo’lib hech bir hududida yangi insoni inqiroz istamaymız

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Suriyada  birinchi o’rinda Idlib bo’lib hech bir hududida yangi insoni inqiroz istamaganlarini aytdi.

1145912
Suriyada birinchi o’rinda Idlib bo’lib hech bir hududida yangi insoni inqiroz istamaymız

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Suriyada  birinchi o’rinda Idlib bo’lib hech bir hududida yangi insoni inqiroz istamaganlarini aytdi.

Prezident Erdo’g’an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezident Hasan Ruhoniyning ishtiroki bilan amalga oshirilgan Rossiyaning Sochi shaharida  bo’lib o’tgan “ Suriya” mavzuli Turkiya- Rossiya Eron yig’ilishi yakunlandi.

Uch tomonlama Sammitdan keyin uch lider matbuot anjumani  uyushtirdi.

Matbuoti anjumanda so’zga chiqqan Erdo’g’an,

“ Suriyada tinchlik va barqarolik sharoitini o’rnatish uchun yuritilgan faoliyatlar  ko’zdan kechirildi. Idlib bilan bir qatorda sulhning ta’min etilishining asosiy kun tartib moddasi edi.” Dedi.
 

Sammitda Amerika qo’shma shtatlarining  ( AQSh) Suriyadan chiqib ketish qarorini muhokama qilganlarini  qayd etgan   Erdo’g’an,

“ Chiqib ketish masalasida, bo’lginchi terror tashkiloti YPG/PKK va DEAShni  istismor  etmasdan  yuritilishi shartdir. Jarayonni terror tahdidini bartaraf etgan  bir tushuncha bilan ko’rib chiqilishi kerak dedi.

Xavfsiz hudud terror tashkilotning  ko’payadigan bir maydon bo’lmasligi kerak. Terror koridoriga ruxsat bermaymiz.” Deb ta’kidladi.

3 kafolatchi o’lka sifatida siyosiy yechim yo’lida  jiddiy taraqqiyotlar bo’ldi degan Erdo’g’an,

“ Siyosiy yechim umidlari hech qachon bu saviyaga kelmagan edi.” Deb  aytdi.

Putin ham so’zlagan nutqida,

“ Suriyadagi inqirozning yechimi uchun muhim faoliyat sohalari belgiladik. Suriyada terrorga qarshi kurashda va insoniy inqirozni yaxshilash uchun faoliyat qilamiz. 12- Astana yig’ilishi mart oyi oxirida o’tkaziladi. Astana komiteti ro’yxati deyarli butunlay tasdiq qilindi.” Dedi.

Ruoniy ham so’zlagan nutqida,   o’z kelajaklariga faqatgina Suriyaliklar qaror berish kerak deb ta’kidladi, Suriya mavzusida umuman muvaffaq  bo’ldik.  Urushni yakunladik. barqarorlik va tinchligi ta’min etgan vaziyatdamiz. Afsuski Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Suriyadagi terror guruhlarini qo’llanib o’z maqsadlariga  erishishga urinmoqda. “ deb ta’kidladi.



 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Sochi , #Yig'îlish , #Qaror

Aloqador xabarlar