Turkiyaning birinchi milliy razvedkachi kemasi bugun dengizga tushirildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mazkur kemani dengizga tushirish uchun Istanbulda uyushtirilgan marosimda so’zlagan nutqida, Turk kemachilik sanoatining oxirgi 16 yil ichida qayta tiklanganligini belgilab o’tdi.

1141916
Turkiyaning birinchi milliy razvedkachi kemasi bugun dengizga tushirildi

Turkiyaning milliy imkon va qobiliyatlari bilan ishlab chiqarilgan va “Ufuk” deb atalgan birinchi razvedkachi kemasi dengizga tushirildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mazkur kemani dengizga tushirish uchun Istanbulda uyushtirilgan marosimda so’zlagan nutqida, Turk kemachilik sanoatining oxirgi 16 yil ichida qayta tiklanganligini belgilab o’tgan holda,

“Bugungi kunda Turkiya, kema sanoati tarmog’ida muhim o’ringa ega” dedi.

Prezident Erdo'g’an, oxirigi 3 yilda DEASh va PKK terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga fuqarolarning umriga zomin bo’lgan, mamlakatni bo’lishga harakat qilgan barcha terror tashkilotiga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatga erishilganligini ma’lum qildi.

Dunyoning eng zolim terroristlarini qurol-yaroq jihatidan qo’llab-quvvatlaganlarning, gap Turkiya haqida ketayotganida aql bovar qilmaydigan to’siqliklar yaratganligini ifoda etgan Erdo'g’an DEASh, PKK, al-Qoida va al-Shabob kabi musulmonlarning qonini to’kkan dunyoning butun terror tashkilotining qo’lida, g’arb davlatlarida ishlab chiqarilgan qurollar borligini qayd etdi.  

Suriyaning shimolida etnik guruhni yo’q qilish faoliyati olib borgan PYD, YPG terror tashkiloti qotillarining qo’lida Turkiya bilan ittifoq bo’lgan davlatlarga oid raketalar, bombalar va o'q-dorilari borligini aytgan Prezident,

“Vaziyat shunday ekan Turkiyaning jimjirt o’tirishi, milliy xavfsizligini boshqa davlatlar qo’liga topshirishi imkonsiz. Biz ham davlat sifatida ham bu vaziyatdan, ham mintaqamizda yuz bergan voqealardan, ham tariximizdan saboq olgan holda mudofaa sanoatimizni mustahkamlashga urinmoqdamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

“Ufuk” nomidagi razvedkachi kemaning umumiy quvvati taxminan 8600 kilovatdir va 10 tonnalik vertolyotga moslangan maydoni bor.  

Og’ir iqlim sharoitlarida 45 kun to’xtamay safar qilgan holda xavflarni aniqlay oladigan “Ufuk” korveti yoki razvedkachi kemaning elektronika, sinov va mashg’ulot tizimlari ASELSAN tomonidan ta’minlanadi.  

 



Aloqador xabarlar