Mevlud Shavushog'lu, dolzarb mavzular haqida ma'umot berdi.

Suriyada yechim jarayoni davom etar ekan, Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Rossiyaning xavfsiz hududni rad etmaganini bildirdi.

1136331
Mevlud Shavushog'lu, dolzarb mavzular haqida ma'umot berdi.

 

Suriyada yechim jarayoni davom etar ekan, Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Rossiyaning xavfsiz hududni rad etmaganini bildirdi.

Mevlud Shavushog'lu, dolzarb mavzular haqida muzokara berdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning kun tartibiga keltirgan Adana kelishuviga to'xtalib o'tgan Chavushog'lu, "Yaxshi rioya qilinsa samarali bo'ladi" dedi.

Rossiyaning Suriyada xavfsiz hudud vujudga keltirishilishiga qarshi bo'lmaganini ifoda etgan Chavushog'lu, "Ruslar xavfsiz hududga qarshi emas. Lekin Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) xavfsiz hudud deganda nimani tushunadi. Ruslarning qay saviyda bo'lishi noqaniq. AQSh rejimning bo'lishini istamaydi. Biz uchun esa rejimning kirishi xavfsizlik qayg'ularimizni bartaraf etmaydi. Chunki rejim bilan terror tashkiloti YPG, Turkiyaga qarshi birlashishi mumkin. Shuning uchun bu xavfsiz hudud bizlar jihatidan muhim" dedi.

Xavfsiz hudud bo'lgan taqdirda 400 ming kishining Suriyaga qaytishini ifoda etgan Chavushog'lu, terror tashkilotining buni istamaganiga diqqat qaratdi.

Chavushog'lu, maruzasida Munbichdagi terrorizmga ham diqqat qaratdi.

"Munbich bilan aloqali yo'l xaritasining ahamiyatini tushundilar. Yo'l xaritasi bilan aloqali harakatlanish kuzatilmoqda. Bu yerlarda kim vazifa olib boradi, unlarning ismlari ro'yxatga olinmoqda" deb so'zladi.

Tashqi ishlar vazir Mevlud Chavushog'lu, Venesuelada AQSh dastaklagan to'ntaruv tashabbusi bilan aloqali, "Vositachi istasalar biz tayyormiz" deb ifoda etdi.

Chavushog'lu, Washingtin Post gazetasi muharriri Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyasi bilan aloqali, "Maxsus intervyu berilgandan keyin BMT bilan maslahatlashamiz. Kerak bo'lsa BMTga tekshiruv uchun ariza beramiz" dedi.

 

 



Aloqador xabarlar