Poytaxt Anqarada Suriya masalasi bo’yicha ishchi guruh yig’ilishi o’tkazilmoqda

Turk va amerikalik hay’atlar ishtirokida poytaxt Anqarada Suriya masalasi bo’yicha navbatdagi ishchi guruh yig’ilishi o’tkazilmoqda.

1102448

Mazkur yig’ilishda Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal, Amerika Qo’shma Shtatlari nomidan esa AQShning Suriya bo’yicha maxsus vakili James Jeffrey yetakchilik qilmoqda.

Yig’ilishda ikkala mamlakatning harbiy yetakchilari ham ishtirok etmoqda.

Eng asosiy mavsu esa PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Suriyaning Manbij shahridir.  

Uchrashuvda yana bir bor, mintaqada YPG/ PYD terror tashkilotining borligining qabul qilinmasligi AQSh tomoniga yetkaziladi shuningdek, tashkilotning butunlay mintaqani tark etishi kerakligining ta’kidlanishi kutilmoqda.  

Yig’ilishda undan tashqari AQSh tomonidan Firot daryosining sharqida qurilishi rejalashtirilgan nazorat nuqtasining ham kun tartibiga olib chiqilishi kutilmoqda.

James Jeffery Anqaraga bo’lgan tashrifi ortidan Iordaniyaga jo’nab ketadi.  

Aloqador xabarlar