Yildirim: "Turkiya-Xitoy munosabati yildan yilga yana-da rivojlanib bormoqda".

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Turkiya-Xitoy munosabatining yildan yilga yana-da rivojlanib borayotganligini qayd etdi.

1101336
Yildirim: "Turkiya-Xitoy munosabati yildan yilga yana-da rivojlanib bormoqda".

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Turkiya-Xitoy munosabatining yildan yilga yana-da rivojlanib borayotganligini qayd etdi.

Binali Yildirim Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Xitoy Davlat rahbari Shi Jinpingning Argentinada uyushtirilgan G-20 sammiti chog’ida uchrashuv o’tkazib, muhim qarorlar qabul qilganligini eslatgan holda,

“Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabat yildan yilga rivojlanib bormoqda” dedi.

Xitoyga bo’lgan tashrifi chog’ida Shansi viloyatining Shian shahrida bo’lgan Binali Yildirim shahardagi Hyatt Regency Hotelda Shansi viloyati Xalq kongressi doimiy qo’mitasi rahbari (viloyat majlisi raisi) Hu Hipingni qabul qildi.

Xitoy va Turkiyaning Osiyoning sharq va g’arb uchida o’rin olgan ikki muhim davlat ekanligini belgilab o’tgan Yildirim, mazkur davlatlarning masofalar qanchalik uzoq bo’lishiga qaramay qadimiy tarixga ega ekanligini qayd etdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Yildirim, Prezident Erdo'g’an va Xitoy Davlat rahbari Shining Argentinada uyushtirilgan G-20 sammiti chog’ida uchrashuv o’tkazib, muhim qarorlar qabul qilganligini eslatgan holda,

“Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlar yildan yilga rivojlanib bormoqda” deya gapirdi.

“Tarixiy Ipak yo’lining qayta tiklanishini ko’zlagan va Bir makon, bir yo’l deb nomlangan loyiha orqali mazkur yo’lda takror temir yo’li qurish uchun Xitoy bilan Turkiyaning o’z hamkorligini davom ettirishini tilaymiz” degan Binali Yildirim, Xitoyning Turkiyaning Uzoq Sharqdagi eng yirik savdo sherigi ekanligini va o’zaro savdo hajmining ortishini xohlaganligini ta’kidladi.   

Binali Yildirim o’zaro munosabatlarning rivojlantirilishi doirasida turizmning ham yana-da jonli tus olajagiga e’tibor qaratgan holda,

“Shian bilan Istanbul o’rtasida uchoq qatnovlari boshlatilishi mumkin. Turk havo yo’llari buni amalga oshirishga tayyor” dedi.

Binali Yildirim kun davomida shahardagi 13 asrlik Shian Ulug’ jome’ masjidi, 22 asrlik Terakotta armiyasi o’rin olgan qadimiy muzeyni ziyorat qilib, shaharning tarixiy devorlarini tomosha qilib chiqdi.  

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Xitoyga bo’lgan tashrifi chog’ida shuningdek Umumxitoy xalq vakillari yig’ini raisi Li Chjansu va Xitoy Bosh vaziri  Li Ketsyan bilan uchrashdi.


 

 



Aloqador xabarlar