Turkiya Fransiyaga sayohat qilmoqchi bo'lgan turklarni ogohlantirdi
Turkiya, Fransiyadagi norozilik namoyishlari sababli, bu mamlakat uchun sayohat ogohlantiruvi e’lon qildi.
Turkiya, Fransiyadagi norozilik namoyishlari sababli, bu mamlakat uchun sayohat ogohlantiruvi e’lon qildi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan e’londa, Fransiyaga sayohat qiladigan Turk fuqarolari poytaxt Parij bilan bir qatorda namoyish sohalaridan uzoq turish avtomobil yo’li va shaharlar orasi yo’llarda tadbirli bo’lishga chaqirdi.
Fransiyadagi iqtisodiy shartlarga qarshi norozilik qilish maqsadi bilan boshlatilgan “ Sariq jiletlar” nomli ijtimoiy harakat, o’lka bo’ylab ko’cha namoyishlarini davom ettirganini eslatgan e’londa, shunday deyiladi:
“ Bugungacha davom etgan voqealarda, Fransiyaning farqli shaharlarida, shaharlar orasi yo’llar yo’l harakatiga yopildi. Barrikadalar qurildi, 1- dekabr kuni Parijda shaharning eng gavjum bo’lgan ko’chalarida yurish, barrikada qurish, mashinalarni yoqib yuborish va xavfsizlik kuchlar bilan to’qnashuv namoyishlari yangidan avj oldi. Namoyish boshlagan 3- haftaning oxirida 2 nafar halok bo’ldi. 850 nafardan ziyod yaralandi. Yaradorlar qatorida xavfsizlik kuchlari ham mavjud.
17- noyabrdan beri davom etgan shiddatni yana avj oldirgan ko’cha namoyishlari sababli, Fransiyada istiqomat qilgan va mazkur o’lkaga sayohat qiladigan yurtdoshlarimizga, Parij bilan bir qatorda namoyish maydonlaridan uzoq turishlari, xavfsizliklariga zarar beradigan ko’cha va makonlarda bo’lmaslikni tavsiya qilmoqda.
Turk fuqarolari voqealari bilan aloqali mahalliy matbuotni yaqindan kuzatib borishlari va Fransiyadagi vakilliklar bilan vazirlik, Turkiyaning Parij Elchiligi va Fransiyadagi Bosh konsulliklarining qo’shimcha ogohlantiruvlarini kuzatib borishlari foydali deb qayd etildi.
Fuqarolar ehtiyoj bo’lgan taqdirda Konsullikka murojaat qilishlari mumkin deb bildirildi.
Ma’lumot uchun 24 soat xizmat beradigan konsulxona telefon raqamlari Fransiya
"+33 180 146335", Turkiyadan "+90312 292 29 29" raqamlari xizmatdadir.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi
Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad bin Zoid al - Nahyon telefon orqali muloqot qildi.