Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Argentinada Donald Tramp bilan uchrashdi

Ikki yetakchi bo’lib o’tgan uchrashuvda Suriya masalasi bo’yicha mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlarni ko’zdan kechirganligi aytilmoqda.

1098734
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Argentinada Donald Tramp bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘tgan “Katta yigirmatalik” ya’ni, G-20 sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda o’tkazilgan uchrashuv taxminan 50 daqiqa davom etdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki yetakchi Suriya masalasi bo’yicha mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlarni ko’zdan kechirganligi aytilmoqda.

Erdo’g’an va Tramp avvalroq ham sammit doirasida yo’l-yo’lakay uchrashgan edi.

Bundan tashqari, Erdo’g’an G-20 sammiti doirasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni qabul qildi.

40 daqiqa davom etgan uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, hazina va moliya vaziri Berat Albayrak va milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar