Ibrohim Kalin:“Turkiya Falastin xalqini qo’llab quvvatlashda davom etadi”

Prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin Isroilning G’azoga nisbatan zo’ravonligiga keskin munosabatini bildirdi.

1087107
Ibrohim Kalin:“Turkiya Falastin xalqini qo’llab quvvatlashda davom etadi”

Prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin Isroilning G’azoga nisbatan zo’ravonligiga keskin munosabatini bildirdi.

Isroilning qilmishlariga ko’z yumgan xalqaro hamjamiyat zimmasiga mas’uliyat olishi kerakligini bildirdi.

Ma’lumki, Isroil so’ngi ikki kun ichida ishg’ol ostidagi G’azoga ketma-ket hujum qildi. Buning oqibatida falastinlik 13 kishi halok bo’ldi va o’nlab kishi yaralandi.

“Bu hujumlar Isroilning huquqqa bo’y sunmas, zo’ravon va ishg’olchi yuzini yana bir bor namoyon qildi. Isroil G’azo xalqiga nisbatan bu hujumlarni darhol to’xtatishi kerak. Isroilning hujumlariga ko’z yumgan xalqaro hamjamiyat mas’uliyatni his qilib, darhol harakatga o’tishi zarur. Falastin hududlarini ochiq qamoqxonaga aylantirmoqchi bo’lgan va Al-Qudsning statusini o’zgartirishga uringan Isroilning ishg’olchi siyosatiga butun dunyo “bas qil” deyishi kerak”,-deydi u.

“Falastinda yagona yechim yo’li ikki mustaqil davlat sifatida bir-birini tan olish demakdir. Mavjud Isroil hukumati ikki mustaqil davlat yechimiga ishonmaydi. Isroilning bu jarayonni bostirishga g’ayrat qilganligi oshikordir. Falastin xalqining mustaqilligini va xavfsizligini diqqatga olmagan hech bir yechimni qabul qilish mumkin emas. Falastin xalqi yolg’iz va chorasiz emas”,-dedi Ibrohim Kalin.

Falastinga ta’ziya bildirgan Kalin: “Turkiya Falastin xalqini qo’llab quvvatlashda davom etadi”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ibrohim Kalin , #Falastin , #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar