Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim Belorus Respublikasiga jo’nab ketdi

Binali Yildirim tashrifi chog’ida Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilinadi.

1086605
Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim Belorus Respublikasiga jo’nab ketdi

Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim bugun rasmiy tashrif bilan Belorus Respublikasiga jo’nab ketdi.

U safari oldidan Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportida matbuotga intervyu berdi.

Binali Yildirim Turkiya-Belorus o’rtasidagi savdo hajmini 1 mlrd dollarga chiqarish maqsadida olib borilayotgan faoliyatlar jadallik bilan davom etishini ma’lum qildi.

Binali Yildirim tashrifi chog’ida Belorus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, Belorus bosh vaziri Sergey Rumas, Belorus Parlamenti Respublika kengashi rahbari Mihail Myasnikovich va Vakillar majlisi rahbari Vladimir Andreychenko bilan uchrashadi.

Shu bilan birga, Turkiya tomonidan Minskda barpo etilgan jome’-masjidi va bolalar bog’chasini ko’zdan kechiradi.

“Belorus Respublikasining mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan davlat sifatida, Turkiya-Belorus o’rtasidagi do’stona munosabatlarni rivojlantirish eng katta maqsadimizdir. O’zaro hamkorligimiz ushbu maqsad sari davom etmoqda. Ayniqsa, oxirgi paytlarda oliy darajali rasmiy ziyoratlarning ko’paygani ikki davlat o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning ham rivojlanishiga zamin yaratdi. 2019 yilning birinchi choragida, Belorus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Turkiyaga tashrifi rejalangan. Mening Belorusga safarimning asosiy sababi ham prezidentning 2019 yilda amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ma’nosiga ega”,-dedi Binali Yildirim.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Belorus , #Binali Yildirim

Aloqador xabarlar