Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an AQSh Prezidenti Donald Trump bilan uchrashdi

Prezident Erdo'g’an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan hozirda rafiqasi Emine Erdo’g’an bilan Fransiyada.

1085441
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an AQSh Prezidenti Donald Trump bilan uchrashdi
erdogan-trump fransa2.jpg
erdogan-trump fransa1.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan uchrashdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Birinchi Dunyo urushining rasmiy ravishda tugashiga sabab bo’lgan “Versal” sulh kelishuviga qo’l qo’yilishining 100 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun hozirda rafiqasi Emine Erdo’g’an bilan Fransiyada bo’lgan Prezident Erdo'g’an u yerda eng avvalo “Orse” muzeyida "Picasso Bleu et Rose" deb nomlangan ko’rgazmaning qabulida ishtirok etdi.

Muzeyni tomosha qilish chog’ida Prezident Erdo'g’an rafiqasi Emine Erdo’g’an bilan Moldaviya Prezidenti Igor Dodon va uning rafiqasi Galina Dodon bilan suhbat qildi.

Ortidan Fransiya Prezidenti Makron tomonidan taklif qilingan dunyoning boshqa davlat, hukumat va xalqaro tashkilot liderlari va ularning turmush o’rtoqlari hurmatiga berilgan kechki ovqat ziyofatida ishtirok etdi.

Mazkur ziyofatda Prezident Erdo'g’an bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump yonma-yon o’tirdi.  

Erdo’g’an bilan Trump anchagacha suhbat qildi.

Fransiya Prezidenti Makron va uning turmush o’rtog’i Brigitte Makron bilan ham suhbat qilgan Prezident Erdo'g’an ziyofat davomida dunyoning boshqa davlat, hukumat va xalqaro tashkilot liderlari bilan ham uchrashdi.

Shu doirada Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan samimiy suhbat qilgan Prezident Erdo'g’an bilan rafiqasi Emine Erdo’g’an Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Bosh kotibi Jose Angel Gurria va uning turmush o’rtog’i Lulu Quintana De Gurria bilan ham uchrashdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich, Bosniya va Gersegovina Prezidentlik kengashining raisi Bakir Izzetbegovich, Liviya Prezidentlik kengashining raisi va Bosh vaziri Fayz Sar-Sarraj, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy va Livan Bosh vaziri Saad al-Haririy bilan bilan ham suhbatlashdi.  

 

 



Aloqador xabarlar