Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Anitkabirda...

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami munosabati bilan Anitkabirni ziyorat qildi.

1077560
Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Anitkabirda...

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami munosabati bilan Anitkabirni ziyorat qildi.

Turkiya davlat arboblari ushbu ulug’ kunda prezident Erdo’g’an boshchiligida Otaturk huzurida bo’ldi.

Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’li, Milliyatchi harakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli va Iyi partiya rahbari Meral Akshener ham marosimda ishtirok etdi.

Anitkabirdagi marosim doirasida Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’yildi.

Prezident Erdo’g’an Anitkabirdagi maxsus daftarga dastxat yozdi.

“Aziz Otaturk! Jumhuriyatning 95 yilligi munosabati bilan huzuringizdamiz. Sizni va safdoshlaringizni hurmat bilan yodga olyabmiz. Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Mana bugun ushbu qutlug’ kun sharafiga Istanbulda dunyoning eng yirik xalqaro aeroportlaridan birini xizmatga topshiryabmiz. Iqtisodiy inqirozlar ro’y berayotgan bir davrda bunday aeroportni bunyod etish Turkiyaning kuchini namoyon qiladi”,-deb yozadi Erdo’g’an Anitkabir daftariga.

Prezident ayni vaqtda Anitkabirda bergan intervyusida, Istanbulda ochilayotgan yangi aeroport haqida “Bu tarixiy ochilish Turkiyaning kuchi, qat’iyligi va 95 yilda qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining bir ramzidir”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar