Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrik yo'lladi

“Saljuqiylardan Usmoniylarga va u yerdan Turkiya Respublikasigacha yetib kelgan shonli tariximizni 2023 yilgacha rejalashtirgan maqsadlarimiz bilan yuqori marralarga yetkazamiz”,-dedi Turkiya prezidenti Erdo’g’an o’z tabrigida.

1077461
Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrik yo'lladi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrik yo’lladi.

Turkiyaning shu kunlarga yetib kelgani uchun shukronalar aytgan Erdo’g’an, bundan keyin ham Turkiya o’z oldidagi maqsadlarga erishish uchun bor kuchi bilan g’ayrat qilishini tilga oldi.

“Mazlumlardan yuz o’girgan emas, balki ularga quchoq ochgan va bir burda nonini ham ular bilan baham ko’rgan, haq va adolat tarafdori bo’lgan davlat sifatida tarixda iz qoldirish biz uchun sharafdir. Biz bu maqsadimizdan aslo voz kechmaymiz. Hech bir to’siqning bizni bu maqsadimizdan mahrum qilishiga yo’l qo’ymaymiz”,-deb yozadi prezident Erdo’g’an o’z tabrigida.

Ayni paytda, Erdo’g’an terrorizmga qarshi kurashda va 15 iyul voqealarida halok bo’lgan vatan avlodlarini va xavfsizlik kuchlari mansublarini ham yodga oldi. Ular davlat va xalqning xotirasida abadiy saqlanib qolishini aytib o’tdi.

“Turkiyaning muvaffaqiyati mazlum va jabrdiydalarga umid bag’ishlaydi. Mana shu sabab tufayli, mamlakatimiz dunyoda iqtisodiyoti eng yirik 17 mamlakatdan biriga aylangan holda, gumanitar yordamlar bo’yicha milliy daromadga ko’ra birinchi o’rindan joy oldi. Dunyoda qochqinlarga quchoq ochgan va insoniy vazifasini bajargan yagona davlat Turkiyadir”,-deydi prezident Erdo’g’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, turk xalqi tarixda qo’lga kiritilgan barcha yutuq va g’alabalarning ramzidir.

“Saljuqiylardan Usmoniylarga va u yerdan Turkiya Respublikasigacha yetib kelgan shonli tariximizni 2023 yilgacha rejalashtirgan maqsadlarimiz bilan yuqori marralarga yetkazamiz. Qolaversa, 2053 va 2071 yillarda ham Turkiyani yuqori martabalarga olib chiqamiz degan umiddaman”,-dedi Turkiya prezidenti Erdo’g’an o’z tabrigida.

 



Aloqador xabarlar