Istanbulda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga tegishli mashina topildi

Qora rangli mashina saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi yo’qolib qolgan kunlarda Sultangazidagi bir garajga tashlab ketilgan.

1073436
Istanbulda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga tegishli mashina topildi

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga tegishli bo’lgan diplomatik rusumli mashina Istanbulning Sultangazi dahasiga tashlab ketilgan.

Qora rangli mashina saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi yo’qolib qolgan kunlarda Sultangazidagi bir garajga tashlab ketilgan.

Hozirda Istanbul politsiya boshqarmasi xodimlari bu mashina ustida tekshiruv o’tkazmoqda.

Tekshiruvlarga ko’ra, bu mashina Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida xizmat qilgan turk haydovchi tomonidan Kashikchi yo’qolishidan bir necha kun o’tgach, garajga qo’yib ketgan.

Eslatma: Vashington Post gazetasiga maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist Jamol Kashikchi Istanbuldagi bosh konsullikda kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar