Rezidentsiyada kecha o’tkazilishi rejalashtirilgan tintuv ishlari boshqa kunga qoldirildi

Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi uchun Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsuli rezidentsiyada kecha o’tkazilishi rejalashtirilgan tintuv ishlari boshqa kunga qoldirildi

1070291
Rezidentsiyada kecha o’tkazilishi rejalashtirilgan tintuv ishlari boshqa kunga qoldirildi

Shu yilning 2-oktabrida yo’qolgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi uchun Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsuli rezidentsiyasida kecha oqshom o’tkazilishi rejalashtirilgan tintuv ishlari boshqa kunga qoldirildi.

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu rezidentsiyasida tintuv o’tkazilishi uchun (Saudiya tomonining) bir qabuli borligini lekin boshlashi uchun kelishib olinishi kerakligini qayd etdi.

Anadolu axborot agentligi savollariga javob bergan Suleyman So’ylu, Kashikchining yo’qolib qolishi masalasida,

“Buni 2-oktabr voqeasi deb atashimiz mumkin. Bu voqea faqatgina bizni qiziqtirgan voqea emasdir. Turkiya birinchi daqiqadan e’tiboran ikki narsaga katta ahamiyat berdi. Ulardan biri huquq, ikkinchisi sukunat. Xalqaro shartnomalarga amal qildi va shaffof qadamlar tashladi” dedi.

So’ylu,

“Bu masalani huquq doirasida, shaffof va dunyo oldida ochiq-oydin boshqardik, boshqarishni ham davom ettiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bosh konsul rezidentsiyasida keyingiga qoldirilgan tintuv haqida esa So’ylu,

“Bitta qabul bor lekin boshlashi uchun kelishib olinshi kerak” deya gapirdi.  

Tintuv ishlari doirasida kecha “qidiruv va tintuv ishlarining yuritilmasligi” qayd etilgan Istanbul Bosh konsuli rezidentsiyasi oldidagi mahalliy va chet ellik ommaviy axborot vositasi a’zolarining kutishi esa haligacha davom etmoqda.  

Politsiya va voqea o'rnini tintuv xodimlari, konsullik binosida tunov kuni 9 soatdan ortiq faoliyat olib borgan edi.

Mazkur faoliyat chog’ida, “Lyuminol” deb nomlangan metod orqali maxsus nur o’rnatilganidan keyin foydalanilgan kimyoviy modda yordamida bino ichidan ko’plab DNK namunasi olingan.   

Voqea o’rnini tintuv bo’limi xodimlari konsullik binosi va konsullik binosiga ulangan kanalizatsiyadan ham namunalar olgan.  

Politsiya xodimlari shuningdek tekshiruv maqsadida konsullik binosining hovlisidan tuproq namunalari bilan konsullik binosining axlatlari va axlat qutilarini ham olgan.

Qo’lga kiritilgan dalillar Voqea o’rnini tintuv ishlari bo’limi xodimlari tomonidan batafsil tekshiruv ishlarining amalga oshirilishi uchun Kriminal politsiya labaratoriyasiga olib ketgan.

Yer osti garaji va avvallari konsul rezidentsiyasi tomonidan foydalanilgan suv qudug’i ham sinchkovlik bilan tekshirilgan.

Mazkur tintuv chog’ida politsiya organlari Saudiya Arabistonining Istanbul Bosh konsuli Muhammad al Utaybining Turkiyadan ketishiga to’siqlik qilmaganligini, voqeaning hal qilinishi uchun maksimal kuch sarflanganligini qayd etdi.

Saudiya Arabistonining Bosh konsuli kecha Turkiya vaqti bilan soat 17:00 da o’z yurtiga qaytgan edi.



Aloqador xabarlar