Turkiyaning terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning terror tashkilotiga qarshi kurashi Turk Qurolli kuchlari tomonidan uzluksiz davom etmoqda.

1062273
Turkiyaning terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolidagi Avashin-Basyan va Zab mintaqalaridagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumida PKK terror tashkilotiga a’zo 10 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Iroqning shimolidagi Avashin-Basyan va Zab mintaqalaridagi terroristlarga qarshi havo hujumi uyushtirilgan.

Amaliyotlar natijasida baza hududlariga qarshi hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan terror tashkilotiga a’zo 10 terrorist yo’q qilingan. 

Undan tashqari Turkiyaning Mardin viloyatidagi viloyat jandarmeriya qo’mondonligi xodimlari tomonidan aniqlangan 2 nafar terrorist, havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyot orqali yo’q qilingan.

Ichki ishlar vazirligi yo’q qilingan 2 nafar terroristdan birining “qidiruvdagi terroristlar” ro’yhatining “qizil rangdagi kategoriyada” o’rin olgan va Mardindan mas’ul terrorist ekanligining aniqlanganligini ma’lum qildi.

Siirt qishlog’ida uyushtirilgan havo hujumida ham PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar