Chavusho’g’li Nyu-Yorkda bir qator chet el vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Nyu-Yorkda bir qator chet el vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

1057600
Chavusho’g’li Nyu-Yorkda bir qator chet el vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Nyu-Yorkda bir qator chet el vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Shu doirada Mevlut Chavusho’g’li Shveytsariya Tashqi ishlar vaziri Ignazio Cassis va Burundi Tashqi ishlar vaziri Ezechiel Nibigira bilan uchrashdi.

BMTning navbatdagi Bosh assambleyasi raisi va Ekvador Tashqi ishlar vaziri Maria Fernanda Espinosa bilan ham uchrashgan Chavusho’g’li Markaziy Amerika integratsiya tashkiloti (SICA) Bosh kotibi Vinicio Cerezo bilan ham uchrashdi.

Mazkur uchrashuvlar, matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li shuningdek BMTda o’tkazilgan Islom Hamkorlik tashkilotining Falastin qo’mitasi yig’ilishida ham ishtirok etdi.  

Yig’ilish ortidan ijtimoiy tarmoqdagi Twitter sahifasi orqali shu haqida bayonot bergan Mevlut Chavusho’g’li,

“Har doim falastinlik birodarlamizning yonida bo’lamiz. Mintaqada tinchlik va xavfsizlikning ta’minlanishi uchub 1967-yildagi poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan mustaqil Falastin davlati shartdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar