Prezident Erdo'g'an, “Dunyoni adolat qutqaradi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi davlat liderlari huzurida, tashkilotning ma’muriy tuzilmasini tanqid qildi.

1056802
Prezident Erdo'g'an, “Dunyoni adolat qutqaradi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi davlat liderlari huzurida, tashkilotning ma’muriy tuzilmasini tanqid qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida o’tkazilayotgan navbatdagi sessiyasida nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an yana bir bor, “Dunyo beshdan kattadir” deb, ishtirokchi davlatlarni vijdonli bo’lishga chaqirdi.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi veto qilish huquqiga ega 5 a’zo davlatning foydasigagina xizmat qilgan, zulumlarni jimjirtgina o’tirib tomosha qilgan tomoshabinga aylanibdi” degan Erdo’g’an o’z nutqida, Yaqin Sharq siyosatini tanqid qilgan AQSh boshqaruvini ham nazarda tutgan holda, “falastibliklarga qarshi uyushtirlgan zulumni oddiy holat deb qabul qilishlik, ular uchun ko’rsatilgan yordam faoliyatlarini cheklashga intilishlik faqatgina zolimlarning jur’atini orttirmoqda” dedi.

Erdo’g’an AQShni PKK terror tashkiloti masalasida ogohlantirdi va bu borada:

“Taktik manfaatlar uchun (Suriyadagi) terroristlarga on minglab yuk tashuvchi mashina orqali, minglab yuk samolyoti orqali qurol yuborganlar, kelajakda mutlaqo bu qilmishining azobini tortadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo’g’an Fetullahchi terror tashkiloti FETO to’daboshini o’z tuprog’ida olib o’tirgan AQShni, “FETOning Amerikaning 27 shtatida charter maktablari bor. Uning uchun bir yilda davlat byudjetidan 763 million AQSh dollari ajratiladi” deb ham ogohlantirdi.

Erdo’g’an,

“(FETO) Buning boshi hozirda AQShda, Pensilvaniyadadir. U yerda 400 gektarlik uchastkada umr surmoqda va u yerda dunyoning 160 davlatiga terror ekspoırt qilmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

“Dunyoni adolat qutqaradi” degan Erdo’g’an o’z nutqida, yer yuzidagi adolatsizliklarni ajoyib misollar bilan dunyo liderlari kun tartibiga olib chiqdi va bu borada:

“Bugungi kunda dunyoning eng badavlat 62 kishisining mol-mulki, aholining qariyb yarmiga yani 3.6 milliard insoniga teng kelsa unda bu yerda bitta muammo bordir.

Dunyoning turli jug’rofiyalarida umr surgan 258 million kishi insoniy hayot sharoitida umr surish uchun yo’llarda sarson bo’lib, 68 million kishi o’z uy-joyini tark etishga majbur qolayotgan bo’lsa unda u yerda bitta muammo bordir.

Afrikada dunyoga kelgan bir bolaning o’lish ehtimoli, bu shaharda (Nyu-york) dunyoga kelgan bir bolaga nisbatan 9 barobar ortiq bo’lsa unda bu yerda bitta muammo bor demakdir”.

Prezident o’z nutqida, Suriya muammosini hal qilish maqsadidagi Turkiyaning say-harakatlariga ham to’xtaldi.

Turk Qurolli kuchlarining Suriyaning Jarablus va Rai shaharlarini DEASh terror tashkilotidan, Afrin shahrini PKK-PYD-YPG terror tashkilotidan qutqarib 4 ming kvadrat kilometrlik bir maydonni millionlagan Suriya fuqarosi uchun xavfsiz va tinch hududga aylantirib berganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, Turkiyaning suriyalik muhojirlar uchun bugungacha 32 milliard AQSh dolari sarflaganligini belgilab o’tgan holda,

“Bunga qarshi bizga tashqaridan ko’mak berildi. Shu doirada xalqaro tashkilotlardan 600 million AQSh dollari, Yevropa ittifoqidan esa bizga berilgan miqdor 1.7 milliard yevroni tashkil etadi” dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotini odam bolasi kutgan adolatning ovozi va buni yo’lga qo’yuvchisiga aylanishga chaqirgan Prezident Erdo'g’an, Turkiyaning barcha muammolarning konstruktiv muloqat orqali hal qilinishi tarafodori ekanligini qayd etdi.

Dunyodagi savdo tartibining buzilmasligiga bir tomonli qaror bilan to’siqlik qilinishi kerakligini eslatgan Prezident, o’z so’zini:

“Turkiya sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar kengashining tezlik bilan tashkil etilishini, Istanbulning esa uning markazi bo’lishini taklif qilamiz” deya tamomladi.



 

 



Aloqador xabarlar