Erdo’g’an Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

Prezidentlik matbuot xizmati rahbari Fahriddin Altun Twitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Erdo’g’an BMT Bosh assambleyasidagi nutqi oldidan Tramp bilan qisqacha suhbatlashgan.

1056794
Erdo’g’an Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Prezidentlik matbuot xizmati rahbari Fahriddin Altun Twitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Erdo’g’an BMT Bosh assambleyasidagi nutqi oldidan Tramp bilan qisqacha suhbatlashgan.

Shuningdek, Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Sloveniya prezidenti Borut Pahor, Mozambik davlat rahbari Filip Jacinto Nyusi, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Yunoniston bosh vaziri Chipras bilan uchrashuv o’tkazdi.

Bo’lib o’tgan o’zaro uchrashuvlar matbuotga yopiq ravishda amalga oshirildi.

 

 



Aloqador xabarlar