Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 27 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Germaniyaga boradi

“Prezident Erdo’g’an Frank Volter Steinmeierning taklifiga binoan Germaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi. Erdo’g’an tashrifi chog’ida Steinmeier va Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan uchrashadi”,-deyiladi bayonotda.

1056455
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 27 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Germaniyaga boradi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti Frank Volter Steinmeierning taklifiga binoan 27-29 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Germaniyada bo'ladi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Prezident Erdo’g’an Frank Volter Steinmeierning taklifiga binoan Germaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi. Erdo’g’an tashrifi chog’ida Steinmeier va Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan uchrashadi”,-deyiladi bayonotda.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Turkiya bilan Germaniya o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, mudofaa, madaniyat va ijtimoiy-gumanitar sohalar bo’yicha hamkorlik masalalari hamda Germaniyada yashagan turk jamiyatlari bilan bog’liq masalalar muhokama qilinadi.

Qolaversa, Suriya masalasi, mintaqaviy va global o’zgarishlar, terrorizmga qarshi kurash, xalqaro migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari, hamda ikki davlatni yaqindan qiziqtirgan masalalar muhokama qilinadi.

Prezident Erdo’g’an shuningdek, nodavlat tashkilotlarning rahbarlari va Germaniya ishbilarmon doiralari, musulmon va turk jamoatlari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi. Qolaversa, Turkiya-Germaniya biznes forumida ishtirok etadi.

Koln shahrida Din boshqarmasi Turk islom ittifoqi tomonidan barpo etilgan jome’-masjidining rasmiy ochilishiga qatnashadigan Erdo’g’an, u yerda yashagan turklar bilan ham uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.

Turkiya prezidenti Erdo’g’anning ushbu ziyorati 7 yil oradan so’ng Turkiyadan Germaniyaga dastlabki “davlat tashrifi” bo’ladi.

Ma’lumki, Germaniya Turkiyaning NATOdagi ittifoqdoshi va eng yaqin hamkori hisoblanadi.

Germaniyada yashagan 3 yarim mln turk ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona munosabatlarning ko’prigi hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar