Prezident Erdo’g’an,S- 400 raketa tizimi eng qisqa zamonda  qo’limizda bo’ladi dedi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Rossiyaga buyurtma berilgan S- 400 raketa tizimi eng qisqa zamonda  qo’limizda bo’ladi dedi

1040806
Prezident  Erdo’g’an,S- 400 raketa tizimi eng qisqa zamonda  qo’limizda bo’ladi dedi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Rossiyaga buyurtma berilgan S- 400 raketa tizimi eng qisqa zamonda  qo’limizda bo’ladi dedi.Erdo’g’an, Balikesirda Quruqlik ofitser Kasblari   oliy maktabning   bitiruv marosimida  so’zlagan nutqida  terrorga qarshi kurashda yolg’iz qoldirilgan Turkiya o’zini qo’rish uchun S- 400 raketa tizimiga ehtiyoji  bor deb qayd etdi.

“ O’zimizni himoya qilish uchun lozim bo’lgan uskunalarni  bizga bermas ekan, bizga pul  bilan sotmagan qurollarni terror tashkilotlariga  tekin bermoqdalar. Tuproqlarimizni himoya qilish, jon, mol- tulkimizni kafolatga olish uchun alternativa izlanishga  boshlaganimizda  ehtiyot bo’l deydilar. Bizning bunday  bosimlarni qabul qilishimiz mumkin emas. Turkiya S-400larga ehtiyoji bor va shartnoma tuzilgan,  xudo xahlasa eng qisqa paytda  topshiraladi.” Dedi.

Erdo’g’an, Turkiya  Yevropa va AQSh bilan ittifoqlik, sheriklik aloqalariga bo’lganidek  boshqa o’lkalar bilan qiladigan hamkorlikka ham ehtiyoj bordir dedi. Turkiya bilan aloqali  AQSh da ochilgan davolarda berilgan mahkumiyat qarorlari o’rnagi boshqa o’lkada ko’rish mumkin emas degan Prezident,

“ Bizni bir tomonlama aloqaga majbur qilgan va o’zlari maxfiy  va ochiq ravishda  dunyoda qanday faoliyatlarda bo’lganini juda yaxshi bilamiz. Buguncha o’zaro va ko’p tomonlama aloqalarimizda   bergan va’damizni bajo keltirmaslik qilmadik. Hech kimga riyokorlik qilmadik faqat bizga qarshi barchasi qilindi “ deb qayd etdi.

Nomimi zikr etmasdan AQShlik rohib Andrev Brunson mavzusida to’xtalgan Prezident Erdo’g’an,

“ Izmirda butunlay huquq ichida yuritilgan bir da’voni bahona qilib, Turkiyani harbiy va iqtisodiy sohada  yo’q qilishga qarata urinishlari hech bir mantiq bilan izoh etish mumkin emas.” Dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezidnet Erdog'an , #S-400 , #Taslim

Aloqador xabarlar