Turkiya tashqi siyosatiga nazar 33-qism

2018 yilda Turkiya Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi diplomatik munosabatlarga 26 yil to’ldi. Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Qozog’iston munosabatlariga nazar tashlaymiz.

1032947
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 33-qism

 

2018 yilda Turkiya Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi diplomatik munosabatlarga 26 yil to’ldi. Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Qozog’iston munosabatlariga nazar tashlaymiz.

2018 yilda Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasida diplomatik munosabatlarning tashkil topganiga 26 yil to’ldi. Ma’lumki, 1992 yilning 2 mart kuni Qozog’iston Respublikasi o’z mustaqilligini e’lon qildi. Turkiya birinchilardan bo’lib, Qozog’iston Respublikasining mustaqilligini tan oldi.

Mustaqillikka erishgan Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida imzolangan ko’plab shartnoma va bitimlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasidagi siyosiy munosabatlar bugungi kunda shunday nuqtaga yetib keldiki hatto, Qozog’iston, Turkiyaning Yevrosiyodagi eng muhim siyosiy va iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylandi.  Qozog’iston-Turkiya munosabatlari asosan oxirgi yillarda yanada faollashdi. Bunda Qozog’istonning tashqi siyosatda yana ham faol bo’lishi va BMT xavfsizlik kengashiga o’tkinchi a’zo bo’lish bilan zimmasiga olgan muhim vazifalarning katta ro’li borligini aytish mumkin.

Bosh qarorgohi Istanbulda o’rin olgan Turk Kengashi, bosh qarorgohi Ozarbayjonda o’rin olgan Turkiyzaboy davlatlar parlamentarlar assambleyasi, bosh qarorgohi Qozog’istonda o’rin olgan Xalqaro Turk Akademiyasi va Turkiyada o’rin olgan TURKSOY kabi tashkilotlar madaniy va siyosiy maydonda a’zo mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni rasmiy asosda mustahkamlamoqda. Bunga ko’ra, Qozog’iston va Turkiya munosabatlari iqtisodiy tarmoqlar bilan birga tashkilotlarning faoliyatlarini ham o’z ichiga oladi. Ikki davlat munosabatlarining kelgusi davrda asosan ta’lim sohasida yanada chuqurlashishini taxmin qilish mumkin. Bu jarayonda asosan, “Ahmat Yassaviy” nomidagi Turk-Qozoq universitetining Alma-Ata va Astana shaharlarida ham filialini ochish va talabalar sonini ko’paytirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasi nazarida alohida o’ringa ega. Turkiya, turkiy xalqlar o’rtasida hamkorlikni ta’minlash maqsadida olib borgan faoliyatlarini taqdirlab Nazarboyevni, “Turk dunyosining oqsoqoli”, “Turk dunyosining dono lideri” deb ataydi. Anqarada Nazarboyev hurmatiga haykal ham o’rnatilgan. Bu turk xalqining Nazarboyevga nisbatan cheksiz hurmatining bir nishonasidir desak ayni muddao bo’ladi.

Turkiya bilan Qozog’iston global va mintaqaviy dolzarb masalalarni hal qilish yo’lida ham hamfikrlar. Xalqaro tashkilotlar tarkibidagi yo’ndashuvlari ham bir xil. Ikki mamlakat o’rtasidagi status, Nazarboyevning 2009-yili Turkiyaga bo’lgan ziyorati chog’ida qo’l qo’yilgan “Strategik hamkorlik shartnomasi” asosida belgilandi. Shu orqali ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorliklar qardoshlik bilan birgalikda “Strategik sheriklik” darajasiga olib chiqildi.  

Qozog’istonning Yevrosiyo qit’asidagi o’rni mamlakatni sharq va g’arb o’rtasida tabiiy ko’prik vazifasini o’tashiga zamin yaratdi.

26 yil davomida kishi boshiga tushgan milliy daromad 700 AQSh dollaridan 14 ming AQSh dollariga ko’tarildi. Tuproqlarida 1225 xil mineral va 493 xil ma’dan konlarini o’z ichiga olgan Qozog’iston tabiiy gaz zaxiralari bo’yicha dunyoda 12-o’rinda, neft zaxiralari bo’yicha esa dunyoda 13-o’rinda turadi.

Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida kuchli harbiy munosabat bor shuningdek, mudofaa texnologiyalari sohasida hamkorlik o’rnatilgan. Turkiya Qozog’iston Qurolli kuchlariga ofitser kadrlari yetishtirib berish xususida ham katta yordam ko’rsatmoqda. Mudofaa sanoatlari sohasida Turkiyaning eng yirik firmalari Qozog’iston mudofaasini rivojlantirish uchun faoliyat olib bormoqda. Bir necha yil avval “Qozog’iston-Aselsan” qo’shma fabrikasining ochilishi ham, harbiy sohada olib borilgan muhim faoliyatlardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turkiya va Qozog’iston o’rtasida bir necha million dollar bilan boshlagan savdo hamkorligi bugungi kunda 4 milliard dollarga chiqdi. Albatta bu yetarli emas. Shuning uchun ham ushbu raqamni 10 million dollarga olib chiqish har ikki mamlakatning maqsadiga aylandi. Bu maqsadning oldidagi eng katta to’siqlardan biri esa Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida logistika jihatidan to’g’ridan-to’g’ri imkoniyatlarning yo’qligidir. Bu muammolarni hal qilish uchun rejalashtirilgan alternativ yo’llar bilan loyihalar amalga oshirilganida, savdo sohasidagi hamkorliklar yana-da rivojlanadi.  

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Qozog’iston bilan Turkiya ikki boshqa mamlakat bo’lishi mumkin, lekin bitta millat hisoblanadi. Bu jihatdan olib qaraganda Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan Nursulton Nazarboyevning tarixiy aloqalarni himoya qilishi nafaqat ikkala mamlakat uchun, balki turk dunyosi uchun ham muhimdir.

Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasidagi do’stlik o’z kuchini mushtarak tarixiy va madaniy rishtalardan olmoqda. Asrlarni o’z ichiga olgan turk tarixiga nazar tashlaganimizda, 26 yil ko’z ochib yumguncha o’tib ketadigan qisqa vaqtdek ko’rinadi. Lekin, har ikki mamlakat ham ushbu 26 yilga katta muvaffaqiyatlarni sig’dirganligini tan olish mumkin. Umid qilamizki, ozaro manfaat va hurmat, ikki mamlakat munosabatlarini keyingi yillarda yana ham rivojlantiradi.

 Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar