Prezident Erdo'g’an Turkiya-AQSh munosabatini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bugungi kundagi Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi sovuqlikni New York Times gazetasida chop etilgan maqolasida qo’lga oldi.

1030335
Prezident Erdo'g’an Turkiya-AQSh munosabatini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlari Turkiyaga bo’lgan munosabatini o’zgartirmagudek bo’lsa unda Turkiyaning yangi do’st va ittifoq izlay boshlashini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi sovuqlikni New York Times gazetasida chop etilgan maqolasida qo’lga oldi.

Erdo’g’an mazkur gazetada chop etilgan maqolasida, “Turkiya AQSh bilan bo’lgan inqirozni qanday baholaydi” degan savolga javob berdi.

Unda AQShni Turkiyaning mustaqilligini hurmat qilishga chaqirgan Erdo’g’an, “sherikligimiz xavf ostida qolishi mumkin” dedi.

Erdo’g’an shuningdek, Vashingtonning bir tomonli tashlagan qadamlarining o’z manfaati va xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkinligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Erdo’g’an bu haqida, “Yomonlik dunyoning to’rt burchagini qoplab olar ekan anchadan beri hamkorimiz bo’lgan AQShning Turkiya uchun bir tomonli tashlagan qadamlari faqatgina o’zining manfaatlari va xavfsizligiga ziyon beradi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Erdo’g’an, “Vashington munosabatlarimizning assimetrik bo’lishi mumkinligi haqidagi noto’g’ri tushunchalarini bir chetga qo’yishi kerak” dedi.

AQShning Turkiyaning alternativlarga ega ekanligini qabul qilishi kerakligini ta’kidlagan Erdo’g’an, “Amerika Qo’shma Shtatlari Turkiyaga bo’lgan munosabatini o’zgartirmagudek bo’lsa unda Turkiya yangi do’st va ittifoq izlay boshlaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Erdo’g’an oxirgi ikki yil mobaynida ikkala mamlakat munosabatining AQSh tomonidan tushunmovchiliklar bilan sinalganligini qayd etgan holda, AQShni Turkiyaning mustaqilligiga hurmat ko’rsatishga chaqirdi.

Erdo’g’an shuningdek, AQShning turk xalqi duch kelgan xavflarni tushunib turganligini isbot qilolmagudek bo’lsa unda ikkala mamlakat sherikligining xavf ostida qo’lishi mumkinligini bildirdi.

AQSh boshqaruvini qattiq tanqid qilgan Erdo’g’an,

“Pensilvaniyada yashayotgan Fetullahchi terror tashkiloti FETO to’daboshi 2016-yilning 15-iyuli kuni hukumatimni to’ntarishga harakat qildi. Turk xalqi mazkur hujumni AQShning qoralashini va Turkiyaning saylov orqali tuzilgan hukumatini qo’llab-quvvatlashini kutdi lekin AQSh qolaragani yo’q. Ikkala mamlakat o’rtasidagi kelishuvlar asosida uning ekstraditsiya qilinishini talab qildik lekin haligacha bu talabimizga javob berilmadi. PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga minglab qurol-yaroq yubordi. U qurollar esa Turkiya, Suriya va Iroqdagi tinch aholini o’ldirishda foydalanildi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Turkiyaning bir vaqt belgilab olganligini qayd etgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an AQSh quloq solmagudek bo’lsa yana bir bor Turkiyaning o’z ishini o’zi hal qilajagini ta’kidladi.

Erdo’g’an, “1970-yillarda Kiprdagi turklarga nisbatan uyushtirilgan qatliom chog’ida uni to’xtatish uchun AQShning barcha e’tirozlariga qaramay Kiprga kirib bordik. Suriyaning shimoli orqali milliy xavfsizligimizga qaratilgan tahdidlar AQSh tomonidan nazar-pisand qilinmaganligi uchun ikkinchi harbiy amaliyotimizni uyushtirdik” dedi.  



Aloqador xabarlar