Turkiyaning Adliya va Ichki ishlar vaziri AQShning sanksiya qarorini baholadi

Turkiyaning Adliya vaziri Abdulhamid Gul bilan Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu AQShning sanksiya qarorini ijtimoiy media twitter orqali baholadi.

1024533
Turkiyaning Adliya va Ichki ishlar vaziri AQShning sanksiya qarorini baholadi

Adliya vaziri Abdulhamid Gul,

“Amerika Qo’shma Shtatlari yoki dunyoning boshqa bir davlatida ekilgan biron bir daraxtim ham, bir tiyin pulim ham yo’qdir” dedi.

Abdulhamid Gul twitter orqali mavzu haqida bergan bayonotida, AQShning shaxsi va Ichki ishlar vaziri Suleyman So’yluga nisbatan joriy etgan sanksiya qarorini baholadi.

Shu doirada Adliya vaziri,

“Mening bu tuproqlarda umr surish va huddi mana shu tuproqlarda o’lishdan boshqa orzularim yo’q. Turkiyadan boshqa AQSh yoki dunyoning boshqa davlatlarida ekilgan biron bir daraxtim ham, bir tiyin pulim ham yo’qdir. Nasib qilsa birkunmas bir kun o’zim tug’ilib o’sgan Gaziantepdan kichik zaytun bog’i olishim mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu esa,  

“AQShda bittayu-bitta mol-mulkimiz bor. U ham bo’lsa (Fetullahchi terror tashkiloti) FETOdir. Uni ham u yerda tashlab qo’ymaymiz, olamiz.” dedi.

 



Aloqador xabarlar