Turkiya Kanadani PKKning qo'lidagi qurollar masalasida ogohlantirdi

Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi oxirgi vaqtlarda uyushtirgan amaliyotlari natijasida qo’lga kiritgan qurollar orasida Kanadada ishlab chiqarilgan avtomatik miltiqlarga duch keldi.

1019099
Turkiya Kanadani PKKning qo'lidagi qurollar masalasida ogohlantirdi

Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi oxirgi vaqtlarda uyushtirgan amaliyotlari natijasida qo’lga kiritgan qurollar orasida Kanadada ishlab chiqarilgan avtomatik miltiqlarga duch keldi.

Kanadaning Postmediaga oid National Post, Montreal Gazette va Ottawa Citizen gazetalarida David Pugliese avtorligida “Kanadada ishlab chiqarilgan piyoda miltig’i terroristlarning qo’liga tushdi” degan sarlavha bilan chop etilgan xabarda, PKK terror tashkilotining qo’lida Kanadada ishlab chiqarilgan NEA-15 rusumidagi qurollarning borligi qayd etildi.

Mazkur xabarga ko’ra Turk Qurolli kuchlari tomonidan shu yilning aprel oyida Turkiyaning Mardin viloyatida, terroristlarga qarshi uyushtirilgan amaliyotda, PKK terror tashkiloti tomonidan foydalanilgan g’orda, Kanadada ishlab chiqarilgan maxsus topshiriqli kuchlarning qurolining topilganligi va qurollarning voqea o’rnida tushirilgan fotosuratlarining Kanada rasmiylariga yuborilganligi qayd etildi.

Shuningdek xabarda, topilgan qurollarni ishlab chiqargan Ontario shtatidagi North Eastern Arms-NEA deb nomlangan firma ekanligi va firma yetakchisining yuqorida nomi tilga olingan Kanada Federal hukumatining ruxsati bilan ishlab chiqarganligi ilova etildi.

Undan tashqari 2016-yili Iroqning shimolidagi qurolli kurd kuchlariga NEA firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurolning yetkazib berilganligi, firma yetakchilarining mintaqaga tashrif buyurganligi va huddi ana shu yili Kanadadan Iroqqa mingdan ortiq qurol eksport qilinganligi ifoda etildi.

Yana huddi ana shu xabarga ko’ra Tashqi ishlar vazirligi nomidan Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi John Babcock mavzu ustidan tekshiruv ishlari boshlatilganligini, bu borada iroqlik rasmiylar bilan aloqa o’rnatilib, eksport qilingan qurollarning oxirgi marotaba qachon ishlatilganligi haqida qo’shimcha ma’lumotlar olinganligini ma’lum qildi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar